"Qora kitob" (qissa) Kutubxonachi.Uz
10820 dona Yuklangan

2.7 MB Hajmi

16438 dona Ko'rilgan
"Qora kitob" (qissa)
Nazar Eshonqulning “Qora kitob” qissasida inson ma’naviyati masalasi yetakchi o’rinda turadi. Asarni o’qir ekansiz, uning qahramoni bilan yuzma-yuz muloqot qilayotganday bo’lasiz. Qissada qahramonlar hayotidagi voqeliklardan ko’ra ular ruhiyatidagi, tafakkuridagi tezlanish kuchli ekanini anglaysiz. Shuningdek, qissa qahramoni bir paytning o’zida ham gunohkor banda, ham shu gunohkorning qoralovchisi, ham jabrdiyda shaklida namoyon bo’ladi. U faol, o’zini anglab yetgani, hayot yo’li haqida yakuniy xulosaga kelgani bilan boshqalardan keskin farq qiladi. Asar mutolaasi davomida kitobxon qahramonning “men”i nega shu ahvolga tushganini tezda anglab olishi qiyin. Voqealarning favqulodda, keskin va sirli sodir bo’lishi esa asarni yanada o’qishli qiladi. Nihoyat, asar qahramoni qayerda xatoga yo’l qo’yganini anglab yetadi. Ammo hayotini o’zgartirishga qurbi yetmasligi, vaqtni ortga qaytara olmasligini bilgach, o’zi kabi millionlab insonlarni xato yo’ldan tiyishga chog’lanadi. Asar qahramonining yagona isyoni — shu. Bu o’zini anglash, o’zligini topish isyoni. Asar nihoyasida u o’zining dunyodagi so’nggi qurbon, so’nggi xato bo’lishini chin dildan istaydi. Toki, uning taqdir yo’liga boshqalar bo’ylamasin.
  Nazar Eshonqul




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf Farhod va Shirin PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli ...
.pdf «Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Hayrat ul - abror PDF  3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
Created by  Master Sherkulov