"Yevgeniy Onegin" Kutubxonachi.Uz
5658 dona Yuklangan

4.3 MB Hajmi

13098 dona Ko'rilgan
"Yevgeniy Onegin"
Bu asarda Pushkin yosh zamondoshlarining umumlashma obrazini yaratdi. Asar bilan tanishar ekanmiz, dinamik kuchlanish hukmidagi Onegin obrazining ichki ziddiyatlarini tushunib borgan holda, uning harakter elementlarini, tabiati, umuman jamiyat uchun keragi yoʻqligini koʻramiz. V. Belinskiy “Yevgeniy Onegin” romanini “rus hayotining ensiklopediyasi” deb ataydi. Haqiqatdan ham Pushkinning bu asarida xilma-xil cheksiz muammolar koʻtarilgan. Romanda oddiy kunlik muammolarga toʻla qishloq dvoryanlarining zerikarli va poytaht aslzodalarining mazmunsiz hayoti aks ettirilgan. “Yevgeniy Onegin” romanining syujet asosi boʻlib muhabbat mavzusi xizmat qiladi. Roman markaziy qahramonlari Tatyana Larina va Yevgeniy Onegin atrofidagi odamlardan maʼnan boyligi, zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketganliklari bilan ancha yuqori turishadi. Yevgeniy Onegin – ziddiyatli, murakkab obraz. U atrofidagilardan, eskirgan urf-odatlardan (sarqitlardan), jamiyatdan nafratlanadi, ularga qarshi kurashadi. Lekin shuni aytib oʻtish kerakka, oʻzidagi ana shunday sarqitlarning ustidan gʻalaba qozonolmaydi, chunki uning oʻzi tartibsiz turmush tarzi bilan yashaydi va shu muammolar ustida jiddiy shugʻullanmaydi. Onegin – bu oliy tabaqaning, muhitning, jamiyatning mevasidir. Uning obrazidagi energiyani, hissiyotga toʻla qalbini, boʻyinsunmasligini, apatiyani, ichki goʻzalligini, harakatsiz orzu-intilish tuygʻusini tushunishi uchun rus adabiyotshunoslari ham koʻp izlanishlari kerak boʻladi.
  А.С.ПУШКИН




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf Farhod va Shirin PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli ...
.pdf «Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Hayrat ul - abror PDF  3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
Created by  Master Sherkulov