Chingiz Aytmatov

( Dec. 12, 1928 - June 10, 2008 )

    Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov XX asr qirgʻiz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri boʻlib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirgʻizistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan.

   Bobosi Aytmat ogʻa ajoyib qoʻbuzchi, otasi Toʻraqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa oʻqimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirgʻiz maktabida oʻqidi, qishloq shoʻrosida kotib, soliq yigʻuvchi, brigada hisobchisi boʻlib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirgʻiziston qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi.

   Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qoʻygan boʻlib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shugʻullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi boʻldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan.

  Chingiz Aytmatov Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil Oʻzbekistonning «Doʻstlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirgʻiziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan.

   Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirgʻiz tilida yozib, soʻng oʻzi rus tiliga tarjima qilingan. Ba’zi asarlari esa, avval rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») soʻng qirgʻiz tiliga oʻgirildi.

  Adib 2008-yil 10-iyunda Nyuremberg shaxrida ogʻir xastalikdan vafot etgan.

   

  Asarlari

«Yuzma-yuz», «Sarvqomat dilbarim», «Somon yoʻli» (1963), «Momo yer», «Alvido Gulsari» (1966), «Oq kema», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» (1977), «Hoshim», «Gazetachi Dzyuydo», «Oq yomgʻir», «Sepoyachi», «Qiyomat» (1986, qahramonlari: Ober-Kandalov, Iso, Avdiy, Pontiy Pilat, Iuda, Grishan, Bozorboy, Koʻchqorboyev, Guram Juxadze, Boʻston, Sandro va boshq.), «Birinchi muallim» (1962), «Asrga tatigulik kun», «Kasandra tamgʻasi» (1990), «Erta qaytgan turnalar» va boshq.

  Chingiz Aytmatov ning tarjimai holi 10 dona
.pdf "Jamila"(qissa) PDF  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti durdonalari Chingiz Aytmatov "Jamila"
.apk "Asrga ta'tigulik kun" (roman) Dastur  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti durdonalari Chingiz Aytmatov "Asrga ta'tigulik kun"
.pdf "Erta qaytgan turnalar" (qissa) PDF  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti namunalari Chingiz Aytmatov "Erta qaytgan turnalar"
.pdf "Birinchi muallim" (qissa) PDF  22 Jan 2020
"Birinchi muallim“ qissasi ilk bor 1962-yil chop etilgan. Qissada 'taʼlim-tarbiyaning Qirgʻizistonning olis qishloqlariga yetib borishi haqida soʻz yuritiladi.
.pdf "Oxirzamon nishonalari" (Kassandra tamg'asi) PDF  22 Jan 2020
Aytmatov roman orqali kitobxonga badiiy tafakkurning yangi bir qirralarini ochadi, uni o'yga toldiradi va hatto idrok etish qiyin bo'lgan hodisalar girdobiga tashlaydi. Yozuvchi fantastik usuldan foydalangan bo‘lsada, roman teran realistik asar sifatida qabul qilinadi. Asarning badiiy tuzilishi, hayotni tasvirlash prinsipi yozuvchining boshqa asarlarinikidan tubdan farq ...
.pdf "Qiyomat" (roman) PDF  22 Jan 2020
Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va yovuzlikning kurashi, inson va tabiat munosabati bo’rilar Akbara bilan Toshchaynar obrazi orqali ochib beriladi. Inson tomonidan hududlarni o’zlashtirish, o’rmonlarni yo’q qilish, tabiatning azaliy qoidalarini buzish va oxir-oqibat jonzotlarni o’z ona uyidan siqib chiqarish qiyomat-qoyim darajasida tasvirlanadi.
.pdf "Oq kema" (qissa) PDF  22 Jan 2020
“Oq kema” asarida hayotdagi o‘ta muhim masalar qatorida Inson va Tabiat munosabatlari mavzusi ham yusak badiiy mahorat bilan qalamga olingan bo‘lib, tabiatga nisbatan jinoyat pirovard-natijada insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkinligi tasvirlanadi. Qissaning bosh qahramoni Bolakay yovuzlikni aslo qabul qila olmaydi. Adib toki insonlarda bolalarga xos ...
.pdf "Chingizxonning oq buluti" (qissa) PDF  17 Jan 2020
"Chingizxoning oq buluti" - Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romaniga ilova qilingan qissa. Qissada afsona misolida shoʻro siyosati zoʻrlikka asoslanganiga ishora qilingan. Chingizxon toʻgʻrisidagi afsona roman syujetida alohida tarmoq boʻlsa-da, lekin asar umumiy ruhiga singishib ketgan. Adibning olam va odam toʻgʻrisidagi falsafiy mushohadalari roman syujetidagi ...
.apk "Somon yo'li" (qissa) Dastur  16 Jan 2020
Novatorlik Chingiz Aytmatov ijodining bosh xususiyatidir. «Somon yo‘li» qissasi buning yorqin dalilidir. Asarning Bosh qahramoni To‘lg‘anoy hayotning juda og‘ir mashaqqatlarini boshidan o‘tkazgan. Dahshatli urush eridan, uch o‘g‘lidan judo qilgan. Biroq, bu yetmagandek, taqdir uning boshiga yana bir kulfat soladi. Farzandi o‘rniga farzandday bo‘lib qolgan kelini ...
.pdf "Alvido, ey Gulsari" (qissa) PDF  16 Jan 2020
XX asr jahon adabiyotining yirik vakillaridan bo'lgan Chingiz Aytmatovning “Alvido, ey Gulsari” nomli qissasi ham boshqa ko'plab asarlari kabi juda mashhur bo’ldi. "Alvido, Gulsari" asari 1966-yilda avval rus tilida yozilib, keyin qirg’iz tilida qayta yozilgan. Chingiz Aytmatov o‘zining bu qissasida Vatan urushidan keyingi og‘ir yillarda ...
Created by  Master Sherkulov