"Oxirzamon nishonalari" (Kassandra tamg'asi) Kutubxonachi.Uz
2553 dona Yuklangan

1.2 MB Hajmi

5313 dona Ko'rilgan
"Oxirzamon nishonalari" (Kassandra tamg'asi)
Aytmatov roman orqali kitobxonga badiiy tafakkurning yangi bir qirralarini ochadi, uni o'yga toldiradi va hatto idrok etish qiyin bo'lgan hodisalar girdobiga tashlaydi. Yozuvchi fantastik usuldan foydalangan bo‘lsada, roman teran realistik asar sifatida qabul qilinadi. Asarning badiiy tuzilishi, hayotni tasvirlash prinsipi yozuvchining boshqa asarlarinikidan tubdan farq qiladi. Kitobxon romanni varaqlar ekan, odamlarning inson sha’niga nomunosib xatti-harakatlaridan nafratlanadi. Roman voqeasi o‘ta shiddatli psixologik mojarolar va to‘qnashuvlar zaminiga qurilgan. Asarni qayta-qayta mutolaa qilar ekanmiz, uning mohiyatiga nazar tashlab, kosmik yuksaklikka ko‘tarilib ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi azaliy kurashning yangi qirralarini kashf etish, insoniyatning taqdiri haqida jon kuydirib yangi asar yozish faqat Chingiz Aytmatovdek buyuk adibga nasib bo‘lganiga ishonch hosil qilamiz.
  Chingiz Aytmatov




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf "Jamila"(qissa) PDF  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti durdonalari Chingiz Aytmatov "Jamila"
.apk "Asrga ta'tigulik kun" (roman) Dastur  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti durdonalari Chingiz Aytmatov "Asrga ta'tigulik kun"
.pdf "Erta qaytgan turnalar" (qissa) PDF  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti namunalari Chingiz Aytmatov "Erta qaytgan turnalar"
.pdf "Birinchi muallim" (qissa) PDF  22 Jan 2020
"Birinchi muallim“ qissasi ilk bor 1962-yil chop etilgan. Qissada 'taʼlim-tarbiyaning Qirgʻizistonning olis qishloqlariga yetib borishi haqida soʻz yuritiladi.
.pdf "Qiyomat" (roman) PDF  22 Jan 2020
Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va yovuzlikning kurashi, inson va tabiat munosabati bo’rilar Akbara bilan Toshchaynar obrazi orqali ochib beriladi. Inson tomonidan hududlarni o’zlashtirish, o’rmonlarni yo’q qilish, tabiatning azaliy qoidalarini buzish va oxir-oqibat jonzotlarni o’z ona uyidan siqib chiqarish qiyomat-qoyim darajasida tasvirlanadi.
.pdf "Oq kema" (qissa) PDF  22 Jan 2020
“Oq kema” asarida hayotdagi o‘ta muhim masalar qatorida Inson va Tabiat munosabatlari mavzusi ham yusak badiiy mahorat bilan qalamga olingan bo‘lib, tabiatga nisbatan jinoyat pirovard-natijada insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkinligi tasvirlanadi. Qissaning bosh qahramoni Bolakay yovuzlikni aslo qabul qila olmaydi. Adib toki insonlarda bolalarga xos ...
.pdf "Chingizxonning oq buluti" (qissa) PDF  17 Jan 2020
"Chingizxoning oq buluti" - Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romaniga ilova qilingan qissa. Qissada afsona misolida shoʻro siyosati zoʻrlikka asoslanganiga ishora qilingan. Chingizxon toʻgʻrisidagi afsona roman syujetida alohida tarmoq boʻlsa-da, lekin asar umumiy ruhiga singishib ketgan. Adibning olam va odam toʻgʻrisidagi falsafiy mushohadalari roman syujetidagi ...
Created by  Master Sherkulov