"Alvido, ey Gulsari" (qissa) Kutubxonachi.Uz
2755 dona Yuklangan

946.2 KB Hajmi

7935 dona Ko'rilgan
"Alvido, ey Gulsari" (qissa)
XX asr jahon adabiyotining yirik vakillaridan bo'lgan Chingiz Aytmatovning “Alvido, ey Gulsari” nomli qissasi ham boshqa ko'plab asarlari kabi juda mashhur bo’ldi. "Alvido, Gulsari" asari 1966-yilda avval rus tilida yozilib, keyin qirg’iz tilida qayta yozilgan. Chingiz Aytmatov o‘zining bu qissasida Vatan urushidan keyingi og‘ir yillarda qirg‘iz yilqichilari va cho‘ponlari – partiya a’zolarining qahramonona mehnatlarini tasvirlaydi. Asarda Gulsari ismli ot bosh obraz qilib olingan. Qissaning bosh qahramoni Tanaboy yilqichilikdan cho‘ponlikka o‘tganda falokatga yo‘liqadi. Vaqtida qo‘yxonalarni ta’mirlamagan, pichan tayyorlamagan ferma mudirining kasofatidan bahorda sovliq qo‘ylar, qo‘zilar nobud bo‘ladi, lekin yuqori idoralarga joylashib olgan byurokratlar hamma aybni cho‘ponga to‘nkaydilar. Tanaboy partiyadan nohaq o‘chiriladi, lekin bu narsa cho‘ponning e’tiqodini susaytirmaydi, u haqiqiy kommunistligicha qoladi. Ch. Aytmatovning bu qissasida ham ekologiya masalasi, tabiatni, hayvonot dunyosini asrash, avlod-avlodlarga sog’lom va asl holida yetkazish masalasi izchillik bilan qalamga olinadi.
  Chingiz Aytmatov




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf "Jamila"(qissa) PDF  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti durdonalari Chingiz Aytmatov "Jamila"
.apk "Asrga ta'tigulik kun" (roman) Dastur  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti durdonalari Chingiz Aytmatov "Asrga ta'tigulik kun"
.pdf "Erta qaytgan turnalar" (qissa) PDF  22 Jan 2020
Jahon adabiyoti namunalari Chingiz Aytmatov "Erta qaytgan turnalar"
.pdf "Birinchi muallim" (qissa) PDF  22 Jan 2020
"Birinchi muallim“ qissasi ilk bor 1962-yil chop etilgan. Qissada 'taʼlim-tarbiyaning Qirgʻizistonning olis qishloqlariga yetib borishi haqida soʻz yuritiladi.
.pdf "Oxirzamon nishonalari" (Kassandra tamg'asi) PDF  22 Jan 2020
Aytmatov roman orqali kitobxonga badiiy tafakkurning yangi bir qirralarini ochadi, uni o'yga toldiradi va hatto idrok etish qiyin bo'lgan hodisalar girdobiga tashlaydi. Yozuvchi fantastik usuldan foydalangan bo‘lsada, roman teran realistik asar sifatida qabul qilinadi. Asarning badiiy tuzilishi, hayotni tasvirlash prinsipi yozuvchining boshqa asarlarinikidan tubdan farq ...
.pdf "Qiyomat" (roman) PDF  22 Jan 2020
Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va yovuzlikning kurashi, inson va tabiat munosabati bo’rilar Akbara bilan Toshchaynar obrazi orqali ochib beriladi. Inson tomonidan hududlarni o’zlashtirish, o’rmonlarni yo’q qilish, tabiatning azaliy qoidalarini buzish va oxir-oqibat jonzotlarni o’z ona uyidan siqib chiqarish qiyomat-qoyim darajasida tasvirlanadi.
.pdf "Oq kema" (qissa) PDF  22 Jan 2020
“Oq kema” asarida hayotdagi o‘ta muhim masalar qatorida Inson va Tabiat munosabatlari mavzusi ham yusak badiiy mahorat bilan qalamga olingan bo‘lib, tabiatga nisbatan jinoyat pirovard-natijada insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkinligi tasvirlanadi. Qissaning bosh qahramoni Bolakay yovuzlikni aslo qabul qila olmaydi. Adib toki insonlarda bolalarga xos ...
Created by  Master Sherkulov