Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda olgan Abdulla 1925 yilda Toshkentga kelib, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlaydi.
U Oʻrta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi “Sovet adabiyoti” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954–1956).
Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. Dastlab “Mushtum” jurnalida, “Yangi Fargʻona” gazetasida uning hikoya, felyeton, xabarlari bosildi. Yozuvchining “Olam yasharadi” ...
davomi o'qish