"Mushuklar saltanati" (roman) Kutubxonachi.Uz
858 dona Yuklangan

5.3 MB Hajmi

1715 dona Ko'rilgan
"Mushuklar saltanati" (roman)
Lao Shening Sizning e’tiboringizga havola etilayotgan «Mushuklar saltanati» satirik romani 30-yillar boshida yozilgan. Muallifning e’tiroficha, bu asarida mashhur sarguzasht yozuvchi G. Uellsning «Oydagi dastlabki odamlar» romani an’analarni davom ettirgan. Biroq «Mushuklar saltanati»da ko‘tarilgan g‘oya o‘zining ijtimoiy dolzarbligi, mavzuning eskirmasligi, Mirrixdagi hayotning zamіniy ildizlarini ochib berishi jihatidan Uells asarlaridan tubdan farq qiladi. «Mushuklar saltanati» romanida o‘sha yillarda butun jahon bo‘ylab keng tarqalgan, to‘g‘risi zo‘rma-zo‘raki joriy qilingan «markscha-lenincha materialistik dunyoqarash» hajv qilinadi. Masalan, o‘sha yillari «Odam maymundan paydo bo‘lgan» degan aqida materialistik falsafaning asosini tashkil etardi. Ana shu hiylagar maymunlar yerda faoliyat ko‘rsatsalar, Lao Shening romanida xuddi o‘shandoq hiylagar mushuklar Mirrix sayyorasida hayot kechiradilar. Asar qahramoni tilidan mushukona hayot tarzi, davlat tizimi, harbiylar orasidagi intizomsizlik, fandagi ko‘r-ko‘rona yodlash, o‘sha paytda endigina yer yuzida ildiz otayotgan nashavandlik illatlari ustidan qattiq kuladi. Mirrix sayyorasida keng joriy qilinayotgan «izm-izmlar, «iya», «tiya», «vseizm» qo‘shimchalari bilan tugovchi «ta’limot»lar ayovsiz fosh qilinadi. Asarda birorta ham sharqona nom yo‘q. Balki «Katta Chayon», «Qichik Chayon», «Katta shunqor», «Baroqboyev» singari qahramonlar faoliyat ko‘rsatib, Mushuklar saltanati misolida o‘sha davrdagi Xitoy hayoti mohirona chizib beriladi. Chunonchi, romandagi kutubxona lavhasida, muallif bashorati, yigirma-o‘ttiz yildan so‘ng Xitoyda ro‘y bergan «madaniy inqilob» o‘sha paytdayoq qalamga olingan. Bu qiziqarli asar hajviyot va sarguzasht muxlislarini yana bir bor xursand qilishiga ishonamiz.
  Lao She




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf Farhod va Shirin PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli ...
.pdf «Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Hayrat ul - abror PDF  3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
Created by  Master Sherkulov