Hayrat ul - abror Kutubxonachi.Uz
2479 dona Yuklangan

3.2 MB Hajmi

11990 dona Ko'rilgan
Hayrat ul - abror
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd va na't” bilan boshlanadi. Dasdabki ikki bob ustozlar ta'rifiga bag’ishlangan, ikki bob so'z va uning ma'nolari haqida. So’ng Husayn Boyquroga, ulug’ pirlari Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahrorga bag'ishfovlar keladi. Nihoyat, 22 - bobdan maqolatlar boshlanadi. Har bir maqolat ma'lum bir mavzuga bag'ishlangan bo'lib, ularga mutanosib birorta hikoyal ham keltirilgan: 1 - maqolat iymon haqida, 2 - maqolat islom haqida, 3 - maqolat sultonlar haqida (unda «Shoh G'oiiy» hilwyati keltirilgan), 4 - maqolat riyokor shayxlar xususida, 5 - maqolat hayra ehson (karam) haqida (unda «Xotami Toyi» hikoyati keltirilgan. Yoyar anga supraki, ul och etnas, Berur anga to'rtki, yalong'ach emas - misralari ham mana shu karam haqidagi 5 -maqolatdan olinganj 6 - maqolat adablilik (odob va kamtarlik) haqida (unda «No'shiravon hayo bog'ida» hikoyati keltirilgan), 7 - maqolat qanoat haqida (unda «Qanoat qiluvchi juvonmard bilan tamagir» hikoyati bor), 8 - maqolat vafo haqida (unda «ikki vafoli yor» hikoyati keltirilgan bo'lib voqealar Hindistonda bo'ladi), 9 - maqolat ishq o'ti haqida, 10 - maqolat rostgo’ylik va to’g'rilik haqida (unda «Sher bilan Durraj» masali keltirilgan bo'lib, нщдg'onchilik illati qoralangan. Unda Navoiy «So'zda, Navoiy, ne desang, chin degil, Rost navo nag'maga tahsin degil» deydi), 11 - maqolat ilm osmouining ynlduzlardek baland martabaliligi haqida, 12 - maqolat qalam va qalam ahllari haqida, 13 - maqolat bulutdek foyda keltiruvchi odamiar haqida, 14 - maqolat osmon tuzilishidan snikoyat, 15 - maqolat jahon mayi haqida, 16 - maqolat xunasasifat oliftalar haqida, 17 - maqolat bahor yigitligining sofligi haqida, 18 - maqolat falak g'amxonasi haqida, /9 -maqolat Xurosonning inisli yo'q viloyati bayoni haqida (Xuroson va Hirot vasfetiigan), 20 - maqolat maqsadniiig o'ialgaw haqida. Nizomiy Ganjaviyning «Maxzan ul-asror» iga 40 dan ortiq nazira bitilgan. Shundan 3 tasigina chig'atoy tilida. Shulardan biri «Hayrat ul-abror» bo'ldi.
  Alisher Navoiy




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf Farhod va Shirin PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli ...
.pdf «Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
.pdf БОБУРНИ ТУШУНИШ БАХТИ PDF  7 Jun 2020
БОБУРНИ ТУШУНИШ БАХТИ
Created by  Master Sherkulov