Farhod va Shirin Kutubxonachi.Uz
1814 dona Yuklangan

673.1 KB Hajmi

9540 dona Ko'rilgan
Farhod va Shirin
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli xotini bo’lgan» deb xabar beradi. Bal’amiy (996- yili vafot etgan) fikricha, undan go'zal ayol bo'lmagan. Bu go'zal malika haqida rivoyat va afsonalar to'qilgan, Hatto, arab sayyohi Yoqut (1179-1229) Shirin muhabbati haqida Bisutun tog'ida Doro yozdirga--yozuvlarni o'z ko'zi bilan ko'rganini ma'lum qiladi. U haqda birinchi bolib yozran adabiyotda Firdavsiy doston yozib, «Shohnoma» siga kiritgan. Nizomiy esa uni ishqiy - sarguzasht doston holiga keltirgan. Yozgan asarlarini durga o'xshatgan Navoiy uni sindirganlarning qo'lini sindir, yaxshi qabul qilganlarga yaxshilik qil, deb tangridan so'rab: «Ani sindurg'an elni qil shikasta, Xujasta ко'rgan elga tut xujasta» - deya birinchi bobni tugatgan. Dostonning ikki bobida payg'ambarimiz hazrati Muhammad alayhi-s-salomning ikki mashhur karomati - ko'rsatkich barmoq ishorati bilan oyni ikkiga bo'lganlari hamda me'roj, ya'ni Buroq otida Quddus shahriga qilgan tungi sayohatlaridan so'ng Jabroyil ko'magida yettinchi osmonga -Alloh huzuriga parvozlari talqin qilingan. Navoiy ustozi va piri - «hazrati shayx ul-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy» madhida uni shunday ta'riflaydi: Iki pil о'lsa Xusrav yo Nizomiy, Erur yuz pil chog 'lig' pil Jomiy. «Farhod va Shirin» dostonidagi voqealar Chin va Armanistonda kechadi.Asarning qisqacha mazmuni quyidagicha: "Farhod Chin xoqonining o'gli, yakka farzand. U boshqalarga o'xshamaydi: jisman g'oyat baquvvat aqlli, nihoyatda ziyrak. axloqan benazir. Lekin ko'ngli nihoyatda siniq bo'lib ulg'ayadi. Yigit yoshiga yetganda esa tamoman g'amga beriladi. Hamma hayron. Xoqon tashvishda. Ko'ngilochar tadbirlar yordain bermaydi. Yilning to'rt fasliga moslab to'rt qasr quradilar. Shu asnoda Farhod Qorandan tosh yo'nish, Boniydan me'morlik, Moniydan naqqoshlikni o'rganadi. Qasrlar bitgach, har faslga mos shohona bazmlar boshlanadi, biroq Farhodda o'zgarish bo’lmaydi. Xoqon o'z taxtni in'om etmoqchi bo'ladi. O'g'il yuksak odob va tavoze' hamda oqilona dalillar bilan rad etadi. Ota ham bo'sh kelmaydi. Umrning o'tkinchiligini, uningdek farzandi bilan iftixor etishini, o'g'il otaning davomchisi ekanini o'rniga qo'yib, ko'zi ochiqligida uni ocz taxtida ko'rishni iltijo qiladi. Xullas, o'g'il yana yutib chiqadi: Taxtni, mayli, oladi, lekin shoh bir-ikki yil inoyat qilsalar, yonlarida hozir bo'lib, davlat ishlarini o'rgansa.. Uzr qabul qilinadi. Saltanat ishlari bilan tanishtirish boshlanadi. Shahzoda xazinani tomosha qilar ekan, tilsimli sandiqqa duch keladi. Uni har qancha ko'zdan uzoqlashtirishga harakat qilmasinlar, foyda bermaydi. Inson tafakkurining qudrati haqidagi «Dedi: Har ishki qilmish odamizod. Tafakkur birla bilmish odamizod», degan gaplarini shu munosabat bilan aytadi. Sandiqni ochadilar. Oyna chiqadi. Hech narsa ko'rinmaydi. Orqasida yozuv: Bu - Iskandar oynasi. Uni to'rt yuz olim necha yil umrini sarflab, tilsim qilgan. Kim ochsa, kelajagidan voqif bo’ladi. Biroq sharti bor. Yunon mamlakatiga borib, uch xatarlik ofatni yengib, Suqrotga uchrashmog'i kerak. Farhod bularning hammasini bajarib tilsimni ochishga va oynada o'z taqdirini ko'rishga muvaffaq bo'ladi. Arman diyoridagi Shirindan xabar topadi. Ishq mojarosi boshlanadi. Eron shohi Xusrav bilan to'qnashadi. Farhod Xusravga qarata: «...Begunohlarning qoni sening gardaningda, sipohingni o'z qo'ling bilan qirmoqchisan... bu tosh boshingdagi dubulg'angning uchini uchirajak, bu toshga nishon bayrog'ingning uchidagi oydir...» - deydi. Xusrav makr bilan Farhodni qo'lga oladi. Bir makkor erkak behush qiluvchi dori sepilgan gulni hidlatib, Farhodni asir qiladi. Xusrav va Farhod o'rtasida suhbat - dialog bo'ladi. Farhodning javoblaridan jahli chiqqan Xusrav unga nisbatan «bir necha кип dorda osig'liq tursin, xaloyiq uni toshbo'ron qilib o'tsin, keyin o'likni gulxanga tashlab kuydirsinlar-u, kulini ko'kka sovursinlar!» - deya hukm chiqaradi va Farhodni qatl qilish uchun qo'rg'on oldida dor hozirlashni buyuradi. Shirindan voz kechishni talab qiladi. Farhod voz kechmaydi. Xusrav uni Salosil qo'rg'oniga qamaydi. G'orda Farhod Suqrot o'rgatganbir sehrli ismni aytib, bari bandlarni yechib, temir darvozalarni ham ochib, bemalol chiqib ketaveradi. Shirin Shopur vositasida bundan xabar topadi. Farhod va Shirinning bir-birlariga sadoqatini ko'rgan Xusrav o'zining rad etihshini nangu nomus deb biladi. Farhodni oradan ko'tarib, maqsadiga zo'rlik bilan erishmoqchi bo'ladi. Yana makr-hiyla ishga tushadi. Makkor kampir Farhodni topib, yolg'ondan unga Shirin vafot etganligini xabar qiladi. Sodda va to'g'ri Farhod boshini toshlarga urib, o'zini halok etadi. Doston qahramonlari; Farhod, Shirin va Mehinbonu jon beradilar. Farhodning otasi bilan onasi ham o'g'illari firoqida vafot etib ketadi. Chin mamlakatiga Farhodning amakisi podsho, Bahrom esa lashkarboshi bo'ladi. Bahrom lashkar tortib, Arman diyoriga keladi va Shopur bilan birga Farhodning qabrida mujovir (ya'ni turg'un yashab qoluvchi) bo'lib qoladi". Doston so'ngida berilgan shahzoda Shohg'aribga nasihat va yakuniy bob Farhod obrazining shoir zamonasidagi barcha shahzodalarga o'rnak qilib olinganini ravshan ko'rsatadi. Navoiy Farhod va Shirin obrazlari orqali xalqlar do'stligi g'oyasini ham ilgari surgan. Bu dostonda vafodorlik va sadoqat kabi insoniy fazilatlar ulug'langan. Navoiy bu dostonni ikkinchi nom bilan «Mehnatnoma» deb atagan. Alisher Navoiyning olimlik martabasini ulug'lash rahidagi Birovkim, qilsa olimlarga ta'zim, Qilur go'voki payg'ambarg'a ta'zim misralari ham "Farhod va Shirin" asaridan olingan. Asarning asosiy qahramonlari quyidagilar: Farhod (Demonkim. ko'ngli pok-u. ham ко 'zi рок. Tili pok-u, so 'zi pok-u, о 'zi рок» misralari Farhod madhiga bag'ishlangan. Uning Shiringa maktubi «...Nigoro, mahvasho, iffatpanoho,...» misralari hilan boshlanadi. Farhod о z vasiyatini bodi sabo (tong shamoli) ga aytadi, uning о 'limidan so 'ng vahshiy hayvonlar uvvos ко'taradilar, alamdan о 'zlarini tirnaydilar), Shirin (u 400 kanizi va Mehinbonu bilan Gulgun laqabli otida Farhod tomoshasiga borgan, uning Farhodga maktubi «...Nedur ahvoling, ey zori g'aribim..» misralari bilan boshlanadi. Dostondagi «Mening jismimda to jondin ramakdur, Ishim qo'rg'onda o'zni asramakdiir» degan misralarni Farhodga yozgan), Mehinbonu, Bahrom, Suhaylo hakim (Oinai lskandariy tilsimini bilish uchun otlangan Farhodga Samandaming yog'ini hadya qilgan), Suqrot (hakim), Xusrav, Sheruya (Xusravning o'g'li), Shopur (Farhod Hrikligi haqidagi yangi ma 'lumotni xalq to 'qigan qo 'shiqlardan bilib oladi va uni Mehinbonu va Shiringa yetkazadi), Buzurg Ummid (Xusravning vaziri) va boshq.
  Alisher Navoiy




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf «Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Hayrat ul - abror PDF  3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
.pdf БОБУРНИ ТУШУНИШ БАХТИ PDF  7 Jun 2020
БОБУРНИ ТУШУНИШ БАХТИ
Created by  Master Sherkulov