«Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») Kutubxonachi.Uz
2327 dona Yuklangan

722.9 KB Hajmi

12626 dona Ko'rilgan
«Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora»)
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq bo'lib, davlat va mamlakat ishlarini unutadi. Xitoyning bir yillik xirojini to'lab, qizni saroyga keltiradi. Uni butun vujudi bilan sevib qoladi. Ishrat-maishatga beriladi. Mamlakat ishlari xiyonatkor, fitnachilar qo'liga o'tadi. Ovdagi hodisadan so'ng mast Bahrom Diloromni sochlariga oyoq -'qo'lini chirmab biyobonga tashlab kelishni buyuradi. Ertasi g'azab va mastlik tarqab, uni izlaydi va topa olmaydi. Shoh uzlatga beriladi. 400 tabib ham uni davolay olmaydi. Maslahat bilan yetti iqlim shohi yetti qasr quradilar. Bu qasrlar shohning mamlakatiga olib boradigan yo'l ustiga quriladi. Moniy uning har birini o'zga bir rang bilan bezaydi. Yetti iqlim shohi bittadan o'z qizlarini beradilar. Shohona to'ylar o'tkaziladi. Bahrom shanba kunini mushkfom qora liboslar kiyib, qora rang gumbazga kirib, hind malikasi huzurida o'tkazadi.Shohning buyrug'iga ko'ra xizniatchilar bir musofirni boshlab keladilar Hindistonlik bu musofir saxiylikning betimsol namunasini ko'rsatgan Axiy haqidagi hikoyatni (1 - hikoyat) aytib beradi. Shu tariqa Bahrom yakshanba kuni zarnigor qasrda zarbof kiyimlar kiyib, rumlik musofirdan Zayd Zahhob haqidagi hikoyatni (2 - hikoyat), dushanba kuni yashil qasrda shahrisabzlik musofirdan Sa'd haqidagi hikoyatni (3 - hikoyat), seshanba kuni gulrang libosda gulnoriy qasrda tarozlik (hindistonlik) musofirdan Jo'na va Mas'ud haqidagi hikoyatni (4 - hikoyat), chorshanba kuni havo rang kiyimlarda moviy qasrda beshinchi iqlim yo'lidan kelgan musofirdan Mehr va Suhayl haqidagi hikoyatni (5 - lukoyat), payshanba kuni sandal rangli kiyimda sandal qasrda oltinchi iqlim yo'lidan kelgan musofirdan Muqbil va Mudbh haqidagi hikoyatni (6 - hikoyat), juma (yettinclii) kuni oq libosda oq qasrda xorazmlik (yettinchi iqlimdan kelgan) musofirdan Dilorom haqidagi hikoyatni (7 - hikoyat) tinglaydi. Bahrom yori bilan qayta topishadi, lekin yana ovga, aysh-ishratga beriladi. Bir kuni ov paytida hayvonot qoni daryo bo’lib oqadi. Xuddi shu paytda sharros yomg'ir quyib, selga aylanadi. Ular to'plangan o'tloqning tagi bir vaqtlar botqoq bo'lgani sababli ochilib ketadi Shahanshoh dunyoga sig'magan qo'shini-yu adadsiz hayvonot bilan botqoq qa'riga kirib ketadi. Boshqacha aytganda, yer yutadi. Navoiy Bahrom timsolida «Ishq ila shohlig' muvofiq emas, Ishq lofida shoh sodiq emas» ligini ko'rsatgan. Ki jahon kimsaga vafo qilmas, Shohlig' tarkiga kiro qilmas Shahki, mingyil omng hayotidur, G'araz - o'lganda yaxshi olidur - misralari ham shu asardagi Bahrom nomidan aytilgan. Navoiy «Sab'ai sayyor»ining Movarounnahr va Xuroson hayoti bilan bog'liq jihati shuki, unda Shahrisabz va Xorazm haqida maxsus hikoyalar kiritilgan. Alohida bir bobda Navoiy tushida Bahrjm bilan uchrashganini, uning Husayn Boyqarodan tashvishda ekanini yozgan. Bahrom qissasi Navoiydan keyin o'zbek adabiyotida keng tarqaldi. XVIII asrdan yozma va og'zaki adabiyotimizda Bahrom va Gulandom turkumi paydo bo'ldi. Qoshg'arlik G'aribiy XIX asrda «Shoh Bahrom va Dilorom» asarini yozdi. Umar Boqiyning «Qissai haft manzar Bahrom» asari, Fozil Yo'ldosh o'g'lining «Balirom va Gulandom» dostoni maydonga keldi.
  Alisher Navoiy




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf Farhod va Shirin PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Hayrat ul - abror PDF  3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
.pdf БОБУРНИ ТУШУНИШ БАХТИ PDF  7 Jun 2020
БОБУРНИ ТУШУНИШ БАХТИ
Created by  Master Sherkulov