"Otamdan qolgan dalalar" (roman) Kutubxonachi.Uz
10026 dona Yuklangan

1.2 MB Hajmi

25693 dona Ko'rilgan
"Otamdan qolgan dalalar" (roman)
Tog‘ay Murodning ilk romani "Otamdan qolgan dalalar" adib ijodidagina emas, milliy adabiyotimiz tarixida muhim hodisa bo‘lgan. Bu asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi o‘zini, o‘zining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan o‘tkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini o‘zgacha nigoh bilan anglash yo‘lini tutadi. Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni o‘sha noyob fazilatlari - to‘g‘riso‘zligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xoru zor bo‘layotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan kuyib-yonib tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh - pafos keng ko‘lam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi; asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni to‘kilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bog‘liq, o‘zbekning ramzi degulik mehnatkash, zahmatkash inson - bosh qahramon Dehqonqul tilidan so‘zlab beriladi. Dadil aytish mumkinki, Dehqonqul obrazi - o‘zbek adabiyotida jiddiy badiiy kashfiyot bo‘ldi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan "mehnat kishisi", "yangi inson" timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul sho‘rolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi adabiyotimizda urf bo‘lgan yo‘ldan bormaydi, qahramon taqdiri orqali davrni, "sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash"ni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi. Sovet hokimiyati yillarining "muhim pallalari" atayin chetlab o‘tiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bolakay 60-yillarda ham bolakayligicha qolaveradi. Bu hol o‘quvchiga aslo "mantiqsizlik" bo‘lib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, mute qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi. O‘zbek adabiyotining benazir namunasi mutolaasidan zavq oling.
  Tog‘ay Murod




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf Farhod va Shirin PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli ...
.pdf «Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Hayrat ul - abror PDF  3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
Created by  Master Sherkulov