"Navoiy" (roman) Kutubxonachi.Uz
13895 dona Yuklangan

21.6 MB Hajmi

35681 dona Ko'rilgan
"Navoiy" (roman)
"Navoiy" tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir. Roman voqeasi 18 yoshli yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqeasi Navoiyning o‘limini aks ettirish bilan tugaydi. Demak, asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi. Romanda Husayn Boyqaro, Xadicha begim, Mo‘min Mirzo, Darveshali, Binoiy, Majididdin singari tarixiy shaxslar obrazi ham berilgan. g‘oyat ustalik bilan yaratilgan bu obrazlar bosh qahramon Navoiy xarakterini ochishda muhim o‘rin tutadilar. "Navoiy" romani o‘zbek tarixiy romanchiligi tilining shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Asar tili o‘tmish davrning jonli tilini yaratish namunalaridan biri bo‘lib qoldi, unda besh yuz yil avval yashagan tarixiy qahramonlarning tili hozirgi kitobxonlarga tushunarli qilib qayta tiriltirildi. Bir so'z bilan aytganda, "Navoiy" romani o‘zbek romanchiligining ajoyib namunasi va juda katta yutug‘idir. Bu roman jahondagi rus, ingliz, ukrain, nemis, belorus, qozoq, turkman, ozarbayjon, tojik, arab, fors, eston, latish va xitoy tillariga tarjima qilingan va hamma joyda kitobxonlarga manzur bo‘lgan.
  Oybek




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf Farhod va Shirin PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli ...
.pdf «Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Hayrat ul - abror PDF  3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
Created by  Master Sherkulov