Said Ahmad. Muallifning Hikoyasi
Gap-gashtaklarda, to’yu tomoshalarda Juman bobo hamisha bitta gapni takrorlaydi:
— Meni shoshirmanglar, nevara-chevaralarimni narigi ming yillikka o’tqazib qo’yay, ana undan keyin xaydamasanglar ham o’zim ketaman. Men tengilar ketib bo’ldi. Kunim sen mishiqilarga qolib o’tiripti. Senlar nimani ko’ribsanlar, boshlaringdan qandoq savdolar o’tiptiki, men bilan gaplashasanlar. Bu yil kuzda, xudo xohlasa, to’qson oltidan hatlab o’taman. Hisobchi bo’lsang, bir cho’tga urib ko’r. Har o’ttiz yilga bir yildan qo’sh, ona qornidaligimga ham bitta tosh tashla. Qancha bo’pti? Barakalla, roppa-rosa yuz bo’pti.
Davrada o’tirgan vetvrach Kozimboy yonidagi kishiga, barmog’ini chakkasiga tirab, parmaga o’xshatib burab ko’rsatdi. Juman bobo buni payqab qoldi.
Kozimboy gapni chalg’itmoqchi bo’ldi.
— O'n to’qqizinchi asrning to’rt yilini ko’ripsiz, yigirmanchi asrning to’qson ikki yilini ko’ryapsiz. Bo, yana yigirma birinchi asrni ham ko’rmoqchimisiz? Ibi, insof qane.
— Ko’raman, — dedi Juman bobo. — Ammo sen ko’rmaysan. Mollar orasida yurib molfahm bo’lib ketgansan. Odam bolasining ko’nglida nima bor, bilmay o’lib ketasan. Shu ichishing, shu chekishing bo’lsa yoshimning ikkidan biriga ham yetmolmaysan. Mard bo’lsang, tur o’rningdan. Minorai Kalonga dam olmay chiqishga bahs boylashamiz.
— Buxoroga borib nima qilasizlar, ana, Vobkentning minorasi ko’rinib turipti. Shunga chiqa qolinglar, — deyishdi davradagilar kulishib.
Juman bobo gaart o’rnidan turdi. Uni kalaka qilmoqchi bo’lgan Kozimboy turmadi. Hazillagadim, hazil qildim, deb qo’lini ko’ksiga qo’yib, uzr so’ragan bo’ldi.
Chol qaytib o’tirmadi. Eshik tomon yurarkan, orqasiga o’girildi. Voenkom bilan qo’lga tushib qolgan kelin ayangga hazil qil, ahmoq, dediyu, chiqib ketdi.
Uning dili og’rigan edi. Shunday paytlarda dilini yoradigan bittagina Mutavakkil degan jo’rasi bo’lar edi. U ham ketdi. Endi qayoqqa boradi. Kimga dardini to’kib solady.
U jimjit ko’chadan borarkan, qadami sekinlashdi. Ilgari bunaqa imillab yurmasdi. Do’stining o’limidan
keyin cho’kib qoldi. Yurganda astarsiz choponining etagi ikki yonida qanotga o’xshab pirpirardi. Soqoli to’zg’ib, goh o’ng, gox chap yelkasini siypalardi.
Juman bobo bitta-bitta qadam tashlab borarkan, ko’p narsalarni o’yladi. U yashagan umridan xijolatlik emasdi. Ammo boyagi gap yurak-bag’rini o’rtab yubordi. Odamlarga malol kelmasidan bu dunyodan tezroq ketish kerakka o’xshaydi, degan gap xayolidan o’tdi. Qandoq qilsin, dunyoga qachon kelishing, qachon ketishing ixtiyoringda emas ekan.
Juman boboni Buxoroning uchinchi minorasi deb atashardi. Birinchisi ming yil umr ko’rgan Minorai Kalon, ikkinchisi, undan salgina yosh Vobkent minorasi, uchinchisi shofirkonlik shu Juman bobo edi.
U ostona hatlab hovliga kirishi bilan ilgarigidek baland ovoz bilan emas, shikasta bir tovushda, Istamboy, deb xotinini chaqirdi.
Qo’lida elak bilan Mo’mina momo chiqdi. U yelkasiga tushib qolgan ro’molini shoshib, boshiga tashladi.
— Joy kilib ber, yotaman, — dedi Juman bobo.
— Zavol paytiga-ya, bo sizga nima bo’ldi, Istamboy,tobingiz qochdimi?
Er-xotin bir-birlarini to’ng’ich o’g’illarining nomi bilan chaqirishardi. Istamboy o’n to’rt sshida olamdan o’tgan. Ammo nomi ota-ona xotirasida bir umr qolib ketgandi.
Mo’mina momo elakni qoziqqa ilib uyga kirdi. Eriga, ovqat sysizmi, dedi. Chol javob qilmagandai keyin, chirokni o’chirib, chiqib ketdi.
Juman boboni xayol xali u yoqqa, xali bu yoqqa boshlardi. Alla-pallagacha to’lg’onib, uxlolmadi. Narigi ayvonda multfilm ko’rayotgan nevaralarning ovozlariga qulok solib stdi.
Mo’mina momo derazadan qaradi.
— Istamboy, turmaysizmi, shom bo’ldi. Obdastaga ob tahorat quyib qo’ydim.
Chol o’rnidan turib, tashqariga chiqib keldi. Joynamoz poyiga cho’kkaladi. Uzoq namoz o’qidi. O'qib bo’lib xam o’rnidan turmadi. Xotini Mo’minaga, yetti o’g’liga, kudalariga, nevaralariga xudodan umr tiladi. O'rnidan turib hovli aylandi. O'g’illariga atab qurilgan peshayvonli uylar oldida bir-bir to’xtadi. Nevaralarining shovqiniga quloq tutdi. Chexrasi yorishgandek bo’ldi. Qo’yxonaga kirib chiroqni yokdi. Besh kun odin tug’ilgan ikki qo’zichoqnn ko’tarib erkalatdi. Sovliq bezovtalanib pishqirdi. Chol uni xam siladi. Ularga suv berdi, xatpak tatiladi. Uyga kirib yechinib yotdi. Zum o’tmay, ko’zp uyquga ketdi.
Tushiga otasi kirshggi. Ariq bo’iida turib unn imlab chaqirarmish. Orqasida turgan onasi, kelma, kelma deb, ishora qilarmish. Tush aylanib, boya otasi turgan joyda Mutavakkil paydo bo’pti. U xam imlab chaqirarmish. Ana undan keyin Istamboy paydo bo’pti. Ota, sizni sog’indim, qachon kelasiz, deb so’rarmish. Juman bobo, yaqinda boraman, demoqchi bo’lib og’iz juftlarmish, ammo ovozi chiqmasmish. Bir nima daranglab, uyg’otib yubordi. Ochiq qolgan derazadan kirgan mushuk patnisni tushib yuborgan ekan.
Tong yorishib kelardi. So’fining bomdod namoziga chakirib, ollohu akbar, ollohu akbar, degan govushi eshitildi.
Juman bobo ko’ngil xiralik bilan tahorat olib masjidga chiqib ketdi. Hech kim bilan gaplashmadi. Namozni o’qib orkasiga qaytdi. «Nima bo’ldi, otam chakiryapti, Mutavakkil ham, Istamboy xam chaqiryaiti. Ulganlar kuni bitgan kishini chaqiradi. Nima, kunim bitdimikin?»
Noiushtada er-xotin bir-biriga gapirmay, jimgina shirchoy ichishardi.
Juman bobo bo’shagan kosalarni olib ketayotgan Mo’minaga o’tir, Istamboy, gapim bor, deb qayta o’tqazdi.
— Meiga qara, xotip, bu dunyoda ishim bitganga o’xshaydi. Tadorigingni ko’rib qo’ysang bo’larmidi. Nimang bor, nimang yo’q, qarab qo’y.
Mo’mina momo eridan birott marta bunaqa gap eshitmagandi. Chol o’limdan og’iz ochmasdi. Nima bo’ldi?
— Esingizni yeb ko’yibsiz, Istamboy, nafasingizni issiq qiling, yaxshi gapga ham, yomon gapga ham farishta
omin, deydi.
Chol salmoqlab gap boshladi:
— E, xotin, o’lmaydigan odam bormi? Xudoning inoyati bilan shuncha yil yashadim. Gapimni bo’lma! Yaxshi-yomon gapirgan bo’lsam, ko’nglingdan chiqarib yubor. To’qqiz bacha tug’ib berding, ming rahmat. Bir marta chertmadim. Og’zimdan nojo’ya gap chiqmadi. Nimayiki orzu qilgan bo’lsam, hammasiga yetdim. Birovni dilini og’ritmadim, birovni mahramiga ko’z tashlamadim. Xudoning dargohiga pok imon bilan boraman.
Kampir o’ylanib qoldi. Nimadir demoqchi bo’lib, bir-ikki marta og’iz juftladi. Aytolmadi. Chol buni sezib turardi.
— Kandoq gap aytmoqchisan? Tortinma, ayt. Gunohim bo’lsa, tavba qilay...
Mo’mina momo eriga uzoq qarab turdi. Keyin jur'atsizlik bilan gap boshladi:
— Ayt, dedingiz, aytay. Gunohingiz bor, Istamboy. Xudo kechirmaydigan gunohingiz bor.
Chol qoshlarini kerib unga qaradi. Manglay ajinlari qavat-qavat bo’lib ketdi. «Nahot xudo kechirmaydigan gunoh qilgai bo’lsam. Bu kampir nima deb aljiyapti». Shu o’tirishida cholping xayoli duiyoii ikki aylanib keldi. Yashab o’tqazgan to’qson olti yilni bir-bir elakdan o’tkazdi. Olti yoshidan suruv ketida chang yutib, cho’l kszdi. Kirchillagan qish chillasida, oftob olov purkagan saratonda qo’ylar bilan birga yotib, birga turdi. Otarida tug’iladigat1 qo’zilar orasida aqlni lol qoldiradigan «Antiqa», «Sur», «Sheroz» terilarini boshqa cho’nonlarga o’xshab bekitmadi. Sovxozga topshirdi.
Kampir umrida biriichi marta erining ko’ziga tik qaradi:
— Siz to’qqiz bacha ko’rib... xudodan tilab-tilab olgan bittayi-bitta qizingiz bilan yuz ko’rmas bo’ldingiz. Bu gunoh emasmi? Hasan-Husan ttevaralaringiz bu yil sakkizga kiradi. Biroi marta borib ko’rdingizmi? Bacha bechorlar Shofirkonda geroy bobomiz bor, deb maxtanib yurisharmish.
Mo’mina momo to’qqiz yildirki, erini insofga keltirolmasdi. Hozir mavridi kelib ichidagi dardlarini to’kib soldi:
— Qizingiz g’ar bo’lmapti, o’g’ri bo’lmapti, Hamroboyiing duxtariga o’xshab o’qishdan qornini do’ppaytirib kelmapti...
Jumai bobo ikki tizzasiga shapillatib urib, o’rnidan turib ketdi.
Bundan to’kkiz yil muqaddam Juman bobo to’shakka yotib qolgan tengdosh do’sti usta Mutavakkilni ko’rgani bordi. Uning ikki oyog’i pgol bo’lib, ko’chaga chiqolmay qolgandi. Kievda o’qiydigan o’g’li pochtadan aravacha yuboripti. U borganda aravachada yurigani mashq qilayotgan ekan. Juman bobo aravachani tortib guzarga olib chikdi. Ikkovi choyni ermak qilib, o’tgan-ketganlardan gaplashib o’tirishdi. Tengdosh bo’yinsa do’stlarini eslashdi.
Birin-ketin hammasi ketib bo’lgan. Bu «odam to’ymas» dunyoda tengqurlardan ikkovipsha sho’ppayib kolishipti.
— Jumanboy jo’ram. - dedi Mutavakkil. — Sen bilan adashmasam. sakson yetti ypldan bsri jo’rachilik qilaman. Oramizga biron marta bo’lsin sovuqchilik tushmadi. Ginaxonlik qiladigan biron gap aytishmadik. Bizku, ketamiz, ammo orqamizda qoladigan bachalarimiz bir-biridan uzoqlashib ketishmasmikin? Shundoq bo’lmasin desang, kel, qudachilik qilaylik. Qizing Istatnisoni kelin qilay. Uqlim Luqmonboy 6u yil o’qishni tugatib
keladi. To’y qilaylik.
Mutavakkilning o’g’li es-hushli yigit bo’lgandi. Kuyoving bormi, desang, bor degulik.
— E, do’stim o’nta qizim bo’lsa, o’ptasini ham qo’lingga topshiraman. Istatniso ta'tilga kelsin, qo’l-oyog’ini bog’lab ostonangga tashlab ketganim bo’lsin.
Ikki quda obdon ezilib ganlashishdi. To’y rejasini ham tuzib qo’yishdi. Kechga tomon Juman bobo arava tortib Mutavakkilni uyiga eltib ko’ydi.
Mutavakkil shu ko’chaga chiqqancha qaytib chiqmadi. Yotib qoldi. Do’xtirlar Buxoro shifoxonasiga olib ketishdi. Ikki oyog’i qorason bo’lgan ekan, kesmasa, aynigan qon tananing boshqa tomonlariga xam o’tib ketishi mumkin ekan, kesishdi. To’rt kundan keyin oldiga odam qo’ypshdi. Juman bobo borganda u ko’kka bokib qimirlamay yotardi. Ko’zini arang ochib uiga karadi. Nimadir demoqchi bo’ldi, aytolmadi. Labi sal-pal qimirlagandek bo’ldi.
Oradan bir hafta o’tib uni tuprokka qo’yishdi.
Mutavakkil u bilan birga uzok tto’l bosgan jo’ralarining eng so’nggisi edi. Eidi bu yorug’ jahonda Juman boboning bir o’zi koldi.
Bu orada qizi Istatniso do’xtirlik o’qishini tugatib, qaytib kelmadi. Birga o’qigan toshkentlik yigit bilan don olishib qopti. Ota-onalarini, aka-ukalarini yangalarini to’yga aytib telegramma yuboripti. Juman bobo hech kimni to’yga yubormadi. Bunday qizim yo’q. Uni tanimayman, dedi. Mo’mina momo yig’ladi, yalinib yolvordi, bo’lmadi.
Chol esa erta sahardan chiqib ketganicha Jilvon cho’llarida tentirab kunini ksch kilardi. Ba'zan Vardonze qal'asiga borib vayronalar ustida kun botishga karab o’tirardi. Cho’g’dek qizarib botayotgan quyosh uning dardlarini ham olovli barkashiga solib botayotgandek bo’lardi.
Buxoroi sharifga tengdosh bu qal'ani Vardon xudotlar davlati tiklagan. Bunda kimlar bo’lmadi, nimalar bo’lmadi? U Qutaybani ham, elakchi Torobiyni ham, jomakor safidlar yetakchisi Muqannani ham, mo’rmalahdek yopirilgan Chingpzxop lashkarlarini ham, to’p, zambaraklar sudrab kelgan shafqatsiz Frunzeni ham va nihoyat qishloqma-qishloq yurib odam otgan Kuybishevni xam ko’rgan.
Chol har gal Vardonzega kelganda shashtidan tushar, 6u qal'a oldida inson umri bir oniy ekaniga iqror bo’lar, tani sovib, fikri tiniqlashib uyiga qaytardi.
Mutavakkilning tashlab ketganiga, Istatnisoning Toshkentda qolib ketganiga ham to’qqiz yil bo’ldi. Dunyoning to’xtatib bo’lmas tanshishlariyu yangidan yangi jumboqlari eskisining ustiga kul tortadi. Asta-sekin xiralashib, xotira deb atalmish go’shaning bir puchmog’ida ko’milib ketadi. Ammo Juman bobo Mutavakkilni unutolmasdi. Har juma namozdan keyin qabristonga borib, go’ri tepasida qur'on tilovat qilar, va'dasida turolmagan do’stingni kechir, deb pichirlardi.
Bugun negadir hammayoq jimjit. Har kuni ertalab otasiga salom berib ishga ketadigan o’g’illari kun peshindan og’diki, ko’rinishmaydi. Kelinlar burchak-burchakda pichirlashadi. Mo’mipa bugun sigirni ham sog’mayapti. Ma'rab, hovliii boshiga ko’taraman deydi. Tovuqlar donsiz qolgan. Pima bo’ldi? Tinchlikmi?
Ko’cha yo’lagidan hassaga tayanib uchta oqsoqol kirdi. Mo’mina ularni ichkariga boshladi. Juman bobo poygakda tiz cho’kib, ularning og’ziga tikildi. Chollar gapni nimadan boshlashlarini bilmay, sen ayt, sen ayt, degandek bir-birlariga qarashardi. Ular avval ob-havodan, keyin 6u yil kuzning yaxshi kelganidan, hukumat SJKni ta'qiqlab, zap ish qilganidan gapirishdi.
Juman boboning toqati toq:
— Chaynalmasdan ganiraveringlar, nima bo’ldi? —dedi tashvishli bir ohangda.
Chollardan biri unga emas, jo’mragidan hovur chiqayotgan choynakka qarab gap boshladi:
— Sizga xudo sabr-toqat bersin. Qandoq qilasiz. Dunyoning ishlari shu ekan. Bir kelmoqning bir ketmog’i ham bor, deydilar. Istatniso omonatini topshiripti.
Juman boboning boshi egildi, beli bukilib, bukilib, oxiri soqollari tizzasini qordek bosdi.
Butun olam birdan sukutda kolgandek, jimjit. Shunday jimlik cho’kdiki, bandidan uzilgan bargshshg yerga qo’ngani xam eshitildi. Juman boboning badanidagi xar bir mo’y og’ir zanjir bo’lib uni pastga tortardi...
Bundan bir yil oldin Istatniso bilan Rahmonjonni xarbiy komissariat chaqirib, do’xtirlar yetishmayapti, deb ularni Afg’onistonga jo’natgan edi. Bu gapdan faqat Juman boboning to’ng’ich o’g’ligina xabardor edi.
Buni na onasiga, na otasiga bildirgan. U oyda bir marta Toshkentga borib, jiyanlaridan xabar olib turardi.
Bugun ertalab Toshksntga ikkita tunuka tobut ksldi. Birida Istatnisoning, yana birida Raxmonjonning jasadi bor edi. Juman boboshshg ikki o’g’li shitob bilan Toshkentga jo’nab ketishdi. Qudalar maslaxat bilan ikkoviga yonma-yon go’r qazitmoqchi bo’lib turishgan ekan. Istatnisoning akalari bunga ko’nishmadi. Singlimizni tug’ilgan yurtiga dafn qilamiz, dedilar. Maslahat bilan Raxmonjon Toshkentda, Istatniso Shofirkonda dafn qilinadigan bo’ldi. Bugun peshin namozida Raxmonjonga janoza o’qildi. Duoi fotixadan keyin Istatnisoning tobuti solingan avtobus Buxoro tomonga yo’l oldi...
... Chollar yuzlariga fotiha tortib, o’rinlaridan turishdi. Juman bobo xarchand urinsa xam o’rnidan turolmadi. Ikki kishi qo’ltig’idan olib turg’azib ko’ydi.
Ko’p yashagan, ko’pni ko’rgan, baxtu baxtsizliklarni, to’yu azalarni ko’rgan Juman bobo shu topda o’zini eplolmay muvozanatini yo’qotgan edi.
Hovli odamga to’lib ketgan. Quda-kudag’aylar, qarindosh-urug’lar, xamqishloklar ko’cha eshigi oldida jimgina yer chizib o’tirishardi. Ichkaridan xotin-xalajning aytib yig’lashi eshitildi. Oqsokollardan biri hovliga kirib, xoy, tobut eshikdan chiqmay, yig’lab bo’lmaydi, deb ularni tinchitib chikdi. Baribir Mo’mina belini boylab hovlining u boshidan bu boshiga yurib yig’lardi.
Avtobus kechasi o’n birlarda keldi.
Allakaydan paydo bo’lgan voenkom tobutni ochishga ruxsat bermadi.
— Tobuti bilan ko’miladi. Kim ochsa javobgarlikka tortiladi.
Ruxsat bo’lganda ham ochib bo’lmasdi. Ruxlangan qalin tunukani fakat elektr payvand apparatida kesish mumkin edi.
— Voy, musofirlikda o’qqa uchgan bolam. Temir kafan kiygan bolam.
Mo’minaning bu faryodi odamlarning yurak-bag’rini o’rtab yubordi. Hamma baravar uv tortdi.
Istatnisoning Hasan-Husan o’g’illari hech qachon kelmagan hovlida, hsch qachon ko’rmagan odamlar orasida hayron qarab turardilar. Ular go’dak edi. Bir kunda ham otasidan, xam onasidan ajralganini, endi yetim bo’lib qolganlarini hali bilmasdilar. Ularning bolalik ongida ertami, kechmi ular qaytib keladigandek edi. Endi bir umr ota bilan onani qo’msab yashashlari-ni, pyudlik va alamli damlarda eng yaqin xamdard kishilari bo’lmasligini idrok qilmasdilar.
Tobutni ichkari uyga olishdi. Mo’mina tobutni quchoqlab faryod urardi.
— Bolaginam, to’qqiz yil diydoringdai benasib bo’lganim yetmasmidi. Chiq, chiq, bu temir kafandan. Jamalak sochlaringni bir silay. Jonsiz tanangni bag’rimga bosay.
Kelinlar uni suyab tashqariga olib chiqipdi. U ostonada bel bog’lab turgan norasta ikki nevarasini bag’riga bosib faryod urdi.
Juman bobo ayvop daxanida ko’ksini xassaga berib qimirlamay o’tirardi. Uiing o’g’illari tobutni buzib ochamiz, deb bolta ko’tarib kelishdi. Voenkom bilan ikki soldat yo’llarini to’sib, boltani olib qo’ydi. Bu oqshom xonadonda hech kim uxlamadi. Juman bobo ikki yetim nevarasini to’niga o’rab, ko’zlarini yumgancha qimirlamay o’tirardi, hadeb o’zini o’zi qarg’ardi.
Yig’i-sig’i, dod-faryod bilan Shofirkon tongi yorishdi. Oftobning olovli ko’li Vobksit minorasi peshtoqini sham qilib yoqdi.
Ko’cha eshigi oldiga qo’yilgan kursilarda keksalar o’tirishardi. Yosh-yalang qo’l qovushtirib tik turipti. Kimdir yuvilmagan, kafanlanmagan murdaga janoza lozimmi, deb so’rab qoldi. Masjid mutavalisi javob qildi:
— Muhorabada qurbon bo’lganlar shahid ketadilar. Ularning jasadlari havo bilan, oftob bilan yuviladi. Buni tayammum dsydilar. Istatniso to’ppa-to’g’ri bihishtga tushadi. Hur-g’ulmonlarga qo’gailib ketadi.
Qabristondan qaytayotganlar orasida Juman bobo ko’rinmasdi. Har kimning o’z gunohi o’zi bilan. Balki Juman bobo qizini kechirganda, kel, deb eshigini ochganda bunday bo’lmasmidi. Endi Mo’minaning betiga qanday qaraydi? Axir u nimaga bunday bo’lganini biladi-ku! Undan qayoqqa qochib qutuladi?
U qal'a tomon og’ir yuk orqalagandek bukchayib borardi. Necha yuz yillar oldin qulab kstgan ming yillik daraxtlarning toshga aylangan ildizlariga tirmashib xarobalar tepasiga chikdi. Bu joydan butun voxa kaftda turgandek ko’rinardi.
Oftob o’chyapti. Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.
Juman bobo ikki qo’lini baland ko’tarib, allohga nola qildi:
— E, xudo, muncha qahringga olasan? Nega meni o’lmaydigan dardga mubtalo qilding?! Ilon-chayonlar chaksa ham o’lmaydigan, bo’riyu shoqollar daf qilmaydigan, o’tda yonmas, suvda cho’kmas qilib yaratding. O'z bolasini ostonadan quvgan gunohkor bandangman. Dargohingga sig’inib keldim. Omonatingni ol! Dunyoga to’ymagan norastalar umrini nega menga yulib berasan? Axir men yoshimni yashab bo’ldim. Yashayverib zerikib ketdim. O'zingdan tilab olgan yolg’iz qizim u dunyoga mendan dili og’rib ketdi. Bunga qandoq chidayman? Tongla mashharda unga qandoq ko’rinaman? Endi ketay, bu yorug’ jahonda boshqalarga joy bo’shatay.
Ko’m-ko’k osmon jim. Bulutlar jim. Uning iltijolariga na ko’k, na yer javob qilardi.
Olisda harir tuman ortida salkam ming yil yashagan Vobkent minorasi ko’rinib turardi. Go’yo u:
— Yur, uzoq asrlarga yana birga ketaylik, — deb chorlayotganga o’xshardi.
Chol qal'adan horg’in qaytib kelarkai, atrofni qorong’ulik pardasi o’rab, nildek osmonda birin-ketin yulduzlar ko’z ocha boshlagan edi.
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri
Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri
Bahodirov. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
Xurshid Karim. Muallifning She'ri