No'malum. Muallifning Hikoyasi
Vaqt:
Kutganingda nihoyatda sekin o'tadi.
Qo'rqqaningda nihoyatda tez o'tadi.
Mahzunligingda g'oyatda uzun bo'ladi.
Xursandligingda g'oyatda qisqa bo'ladi.
Joning og'riganda benihoya bo'ladi.
Bekorchilikda seni o'ldiradi.
Yaxshi ko'rganingda tez tugab qoladi.
Vaqt soat millarini to'xtatib qola olmaydi, balki yurakning urishiga, holatingga qarab o'zgarib turadi. Hayot bu insonga berilgan ne'mat, Bir kun yorug' bo'lsa, bir kuni zulmat. Lek oltinga teng har bir on, soat, vaqt, unutmang do'stlarim, umr g'animat.
YARIM SOAT VAQT.
Ekran bir ikki lipillab turdi-da, chiq etib o'chdi-qo'ydi. Kompyuter qarshisida muk tushib ishlayotgan xodimlar baravar uh tortib yuborishdi.
– Voooy “soxranit” qilmagandim!
– O'lsin-a, o-ozgina qolgandi!
– Eh yana tugatolmadim!
– Endigina gaplashayotgandim Amerikadagi dugonam bilan!
– Shu etmay turuvdi…
– Uff…
Haftada olti kun, ertadan kechgacha ekranga mixlanib ishlashga ko'nikib qolgan xodimlar bir zum nima qilarlarini bilmay serrayib qolishdi-yu, bekorchilikdan asta bir-birlariga so'z qota boshlashdi.
– Masturaxon, bugun judaa ochilib ketibsizmi? Yangi ko'ylagingiz buncha yarashibdi?
– Voy yangiligi qoptimi Aziz aka, bir haftadan beri kiyib kelaman-ku…
– Nafisa, qizing yaxshimi? O'qishga kirdimi?
– Yo'q, ozgina ball etmabdi, uch kundan buyon xonadan chiqmay yig'lab yotibdi.
– Nig'matvoy, ha bu ko'rinmaysiz?
– Ie aka, har kuni shu erdaman-ku!
– Akbar aka, kecha ayangizni ko'rgandim, sog'indim, bir habar olmaydi ham bu bola dedilar. – Yaxshi eslatdingiz Saidaxon, o'zimam bir qo'ng'iroq qilaman deb yurgandim, hozir gaplashaman.
– Naima, boshing ancha yaxshimi, tunov kuni og'riyapti deb yurganding. – Ey nimasini aytasiz, og'riq o'lgur qo'yib yubormayapti.
– Ha aytgancha, Salim akani ancha mazasi yo'qmish, bir xabar olib kelsak bo'lardi, har holda eng kattamiz…
– To'g'ri aytasiz, albatta borish kerak.
– Bugun ishdan keyin borsak-chi?
– Ma'qul. Quruq bormasmiz har holda, qani to'rtta patir bilan meva-chevaga ikki mingdan tashlanglarchi!
Yarim soat. Yarim soatgina vaqt etarli bo'ldi mehr, oqibat, hamjihatlik, yaqinlik uchun. Nega zamonaviy texnologiyalarning “t” harfi, internetning “i” harfi etib bormagan kichik-kichik qishloqlarda mehr-oqibat kuchli-yu, tobora taraqqiy etib borayotgan katta-katta shaharlarda odamlar ham tobora begonalashib, oqibat ko'tarilib borayapti ekan degan savolga javob topilgandek bo'ldi. Yarim soatda...
Qaytmas vaqt.
Ibratli hikoya. O'tgan vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi.
O'glim, bugun negadir mazam bulmayapti bugun duxtirga olib borasanmi degandim..
- Ota bilasiz, ishlik odamman, bugun vaqt yo'qroq edi, ertaga olib borarman..
Ota o'glining ortidan qarab qoldi. Birozdan keyin katta nevarasi yetti yoshlik bolakay choy olib kirdi.
- Bobo yaxshimisiz? Nega xafa bulib utiribsiz? Yoki biron joyingiz og'riyaptimi? - dedi bobosini quchoqlab.
- Yo'q,..bolam yaxshiman.. o'zing yaxshimisan ? O'qishlaring yaxshimi?
- Ha, yaxshi, kecha uchta besh oldim!
- Barakalla o'g'lim, yaxshi o'qi.. yaxshi o'qisang dadangga o'xshab katta odam bulasan!
- Bobojon sizga bir gap aytaymi?
- Aytaqol bolam.
- Kecha dadam sizni oyimga "bu chol ming'irlayverib jonimga tegdi" dedi.
Ota jim qoldi birozdan keyin past eshitilar eshitmas ovozda dedi: Ha bolam.. dadangni qiynab qo'yibman.. Ota endi o'gliga gapirmay qo'ydi.. Nodon o'gil esa otani yo'qlamasdi.. Oradan bir necha kunlar o'tdi.. Bir kuni o'gilning ishxonasidagi telefon jiringladi.
- Dadasi o'sha savil qolgir dorilarni olib keling dadangizni mazasi yo'q, og'irlashib qoldi tez yetib keling. Tezroq, men qo'rqayapman. Shu suhbatdan keyin yarim soat o'tib ota jon berdi. Doktor bir oy oldin yozib bergan dorilarni ko'tarib xovliqqancha kirib kelgan o'gil eshik yonida unga tikilib turgan o'z o'g'lining ko'zlarigada tik qarayolmadi. Ota o'g'lining olib keladigan dorilariga emas uning mexriga bir og'iz shirin so'ziga ilxak, bulib jon berganini nodon o'gil bilarmikin? Bilganda endi nima o'zgarardi.. Baribir endi kech juda kech, vaqt o'tdi ketdi. Lekin uning xam o'gli bir kun ulg'ayadi.. Qaytar dunyo deb bekorga aytishmagan dono xalqimiz!!!
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri
Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri
Bahodirov. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
Xurshid Karim. Muallifning She'ri