Qari bilganni pari bilmas - tandir hikoyasi.

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Rivoyat qilishlaricha, bir o'rtahol kishining yetti o'g'li bo'lgan ekan. Ularning olti nafari solih, ro'zg'origa puxta bo'lib, birgina kenjasi - o'zi bilan bir hovlida qolgani noqobil chiqibdi. Uning na hunari, na daromadi va na shirin so'zi bor ekan. Otani shu tanbal o'g'il hammadan ko'p tashvishga solar, uning kelajagini o'ylab qayg'uga botarkan.

Kunlarning birida ota kenja o'g'ilni qoshiga chorlab, shunday vasiyat qilibdi:
- O'g'lim, so'zlarimdan ranjima, zero, yettovingiz yetti tomirimsiz, sizlarni birdek yaxshi ko'raman. Ammo sening kelajaging akalaringnikidan ko'ra mavhumroq. Negaki, kasb-koring yo'q, jigarlaring bilan murosasizsan. Shuning uchun bitta nasihatimni qulog'ingga quyib ol. Ko'nglim sezib turibdi, oilangni boqa olmay qiynalib qolishing mumkin. Sen kabilar bunday chorasizlikda darhol uyni sotib kun ko'rishni lozim topishi tayin. Agar shunday holga tushib qolsang, uyni sotishdan oldin ko'rinarli joyga bitta tandir qur. Kattagina, oqlangan bo'lsin, xaridorni jalb etadi. Meni aytdi deysan, yaxshi narxga sotasan. Bu so'nggi o'gitim, unutma!

Ko'p o'tmay qariya vafot etibdi. "Qari bilganni pari bilmas", deydilar. Darhaqiqat, kenja o'g'il qashshoqlik girdobiga tushibdi. Chora izlab, uyni sotishga qaror qilibdi. Shunda otasining vasiyatini eslab, aynan "yaxshi narxga sotasan" degan va'dasi uchun tandir qurishga kirishibdi.

Aksiga olib, kuzning namchil kunlari ekan.

Tandirning supasi uchun guvalalar quyibdi-yu, quriguncha besh kun o'tibdi. Loy qilishga yomg'ir bois yana uch kun ketibdi. Suvoq qilish, quritish va yana suvash… Tandirni o'rnatish uchun qo'ni-qo'shnilarni yordamga chaqiribdi. Endi bitirdim deganda yana yog'ingarchilik bo'lib, oqlash uchun qurishini kutibdi. Xullas, bitta tandirni roppa-rosa bir oyda qo'ldan chiqaribdi.

Tayyor bo'lganida esa… tandirga qarab o'yga tolibdi: "Bitta tandirni qurish uchun shuncha mashaqqat chekdim, shuncha vaqt sarfladim. Otam butun boshli bu uyni ne hasratda, qancha mehnat evaziga qurgan ekan-a? Yillab yelkasi yag'ir bo'lib bino qilgandir. Men esa… bir kunda sotib yo'q qilmoqchiman. Yo'q, bunday bo'lmaydi!".

Shunday qilib, o'g'il uyni sotmabdi. Turmushning zo'ridan mehnatga o'rganibdi, boshqalardek hayot kechira boshlabdi. Ro'zg'origa asta-sekin baraka kirib, har kun tandiri to'la nonlar yopilibdi...

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov