Kitob haqida she'riy tarzda yozilgan ta'sirli hikoya!

No'malum. Muallifning She'ri

Tushimga kiribdi bir kuni kitob,
Haddan ziyod xarob ahvoli.
Yuzida ming faryod, aylardi xitob,
Dimog'im bo'g'ardi uning savoli.

Endi meni keragim yo'qmi?
Nega uloqtirding meni jovonga?
Aqldan shunchalik ko'ngillar to'qmi?
Keragim qolmadimi, endi zamonga?

Xechkim o'qimaydi, yozadigan ko'p.
Planshet a'lodur, alifboyimdan.
Meni yirtib no'xot soladigan ko'p.
Xechkim olib qo'ymas sigir poyidan.

Ho'p dedim, chidadim, o'qimay qo'yding.
Sabrim ham qolmadi zarra toqatga.
Qog'oz yuragimni olovda so'yding.
Ishlatib yubording meni xojatga.

Kitoblari qolgan kutubxonani
Majburan obuna bo'lar o'quvchi.
Asrlab asragan asarlarimni.
Xaridori faqat, pista sotuvchi.

Telefonni yaratish uchun,
Mendan to'plangandi barcha ma'lumot.
Shu yerga kelganda yetmadi kuchim,
Shu so'zga dod soldi butun koinot!

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov