DUNYO

Ergashev Aslixon. Muallifning She'ri

Yig'lagan ko'zlarga yosh berar dunyo,
Yegan og'izlarga osh berar dunyo,
Ijobat bo'ladi el qilgan duo,
Uyda qolib o'zni asraylik do'stlar.

Ofat keldi desa qo'rqib qolmasdan,
Dard ustiga yana chipqon bo'lmasdan,
Xato qilib qo'ymang bilib bilmasdan,
Uyda qolib o'zni asraylik do'stlar.

Ota bobolardan qolgan bir gap bor,
Birlashgan el jangda yengilmas zinhor,
Ollox o'zi bizga bo'lgay madatkor,
Uyda qolib o'zni asraylik do'stlar.

Toj kiysa ham o'sha korona virus,
Og'u bo'lib tushsa ham tanaga virus,
O'zni birkun olar panaga virus,
Uyda qolib o'zni asraylik do'stlar.

Bir kun kelar o'sha biz kutgan damlar,
Shifokorlar omon bo'lsa odamlar,
Shifo topib uyga qaytar bemorlar,
Uyda qolib o'zni asraylik do'stlar.

Yurt boshidek yana kim bor jon kuyar,
Xalqi uchun jonin xatarga qo'yar,
Yurt boshimiz aytgan o'sha kun kelar,
Uyda qolib o'zni asraylik do'stlar.

Hali oldimizda to'ylar, bayramlar,
Tushkinlikga aslo tushmang odamlar,
Juda tez fursatda o'tar bu damlar,
Uyda qolib o'zni asraylik do'stlar.

Yurt qadrini bilgan yurtni o'ylaydi,
Rizo bugun dilda borin so'zlaydi,
O'zni asraganni olloh asraydi,
Uyda qolib o'zni asraylik do'stlar

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov