Zahiriddin Muhammad Bobur. 537-yilligi. 14 - fevral
  Kutubxonachi   •    14 Feb 2020

2020 - yil 14 - fevral. Assalomu Alaykum hurmatli kitobxon bugungi sana haqida sizning e'tiboringizni olib bugungi kun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini yodingizga solmoqchiman. Barcha kutubxonlar uni biladi va bu kun haqida hech qachon unutmaydi. Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur ning 537 - yilligi O'zbekiston Respublikasida keng nishonlanmoqda.!

  O'rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483yil 14-fevralda Andijonda tug’ildi. Otasi Umarshayx Mirzo temuriy avlodidan bo’li, Farg’ona viloyatining hokimi bo’lgan. Zahiriddin Muhammad Boburo’z davrining taniqli muallim va murabbiylari rahbarligida ta’lim va tarbiya olgan. Otasi Umarshayx Mirzo 1495 yilda vafot etgach,12yoshida uning o’rniga taxtga o’tirdi. Andijonni Shayboniyxon egallagach, Zahiriddin Muhammad Bobur Afg’onistonga ketishga majbur bo’ladi. Bu mamlakatda Kobul va Badahshon shahjarlarida o’z hokimiyatini barpo etdi. So’ngra Hindistonga yurish boshlab, u yerda buyuk davlatga asos soldi.

  Bobur jahonga mashhur “Boburnoma”asarini yaratdi. Unda Movarounnahr, Xuroson, Hindistonxalqlari tarixi,urf-odat va an’analarini, tarixiy shaxslarini,mamlakat tabiiy lavhalarini aks ettirdi. Bobur Xo’ja Ubaydullo Ahrorning “Volidiya”risolasini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qildi,aruz vazni va qofiya masalalariga “Mufassal”asarini yozdi.

  Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotshunos,tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida muunosib o’rin egalladi.

  Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Hindistonnig Agra shahrida o’zi bunyod etgan go’zal maskan Zarafshon chorbog’ida vafot etdi.

 Bobur deydi:

                Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,

                O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.

                Men tolibi ilm tolibi ilm yo’q,

                Men borman ilm tolibi,ilm kerak.

 

Bobur axloq-odob va insonparvarlik haqida:

Bobur axloq-odob haqidagi qarashlariga yaxshilik, vafodorlikni eng go’zal fazilat sifatida ulug’laydi, yomonlikni jafo keltiruvchi illat sifatida qaraydi:

               Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidur,

               Har kimki jafo qilsa jafo topqusidur.

               Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz,

               Har kimki yomon bo’lsa,jazo topqusidur.

 Bobur odamlarni elga yaxshilik qilib, o’zidan yaxshi nom qoldirishga chorlaydi: 

               Bori elga yaxshilik qilgilki,mundin yaxshi yo’q.

               Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshi yo’q,.  

 

 

Mualliff: Sherqulov Farrux Hamza o'g'li




  Kutubxonachi
 14 Feb 2020 joylandi
 3246 marta ko'rildi
  So'ngi Yangiliklar
Oʻzbekistonda 21-may Kutubxonachilar kuni sifatida nishonlanadi Yangilik  21 May 2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Madaniyat vazirligining ushbu taklifini Prezident maʼqulladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 
 
Aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida ...
Kiril - Lotin dasturi endi Kutubxonachi.Uz saytida Yangilik  30 Mar 2020
Assalomu alaykum hurmatli kitobxon. Men Master Sherkulov taxallusi bilan faoliyat yuritadigan O'zbekistonlik dasturchiman! O'zbekiston Respublikasida Karantin e'lon qilingandan beri men yaratgan dasturlarimni kengaytirishga kirishdim va kutubxonachi.uz sayti uchun Kiril - Lotin nomli bo'lim qo'shdim! Bunda ...
📖 HIKOYALAR va SHE'RLAR - Yangi Loyihamiz ishga tushdi ... Yangilik  28 Mar 2020
Assalomu alaykum hurmatli kitobxon bugungi O'zbekiston Respublikasi hududida jumaladan ko'pgina davlatlarda karantin e'lon qilingandan bo'yon kutubxonaga borib o'qish imkoniyatimiz cheklandi, ammo siz kitobxonalarga hech qanday narsa to'siq bo'lmasligi zarur hisoblanadi. Biz KUTUBXONACHI guruhimiz sizlar uchun ya'nada qo'laylik yaratish maqsadida biz 📖 HIKOYALAR va SHE'RLAR ...
Created by  Master Sherkulov