Oʻzbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad (Husanxoʻjayev) 1920 yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili oʻrta maktabni, 1941 yili esa oliy oʻquv yurtini tugatdi.
Said Ahmad dastlab “Mushtum” jurnalida, Oʻzbekiston radiokomitetida (1942–1943), hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida (1942–1947), “Sharq yulduzi” jurnalida (1948–1950) ishlagan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami “Tortiq” 1940 yilda nashr etiladi. Urush va urushdan keyingi yillarda Said Ahmad koʻplab felyeton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning “Er yurak” (1942), ...
davomi o'qish