XX asr oʻzbek milliy adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, buyuk romannavis Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahridagi Eshonguzar mahallasida tugʻilgan.
Tarjimai holidagi quyidagi soʻzlar yozuvchining 1926 yilga qadar kechgan hayotiga oydinlik kiritadi: “Har holda bemavridroq boʻlsa kerak, kambagʻal, bogʻbonlik bilan kun kechirguvchi bir oilada… tugʻilgʻonman. Yoshim toʻqqiz-oʻnlarga borgʻondan soʻng meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda oʻqib, keyingi vaqtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan oʻn ikki yoshimda ...
davomi o'qish