Uch o'g'il haqida hikoya.

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Uch ayol quduqdan suv olishayotgan edi. Bu yerdan uzoq bo'lmagan joyda bir qariya o'tirar va ayollarning o'g'illari xaqida aytayotgan maqtov so'zlariga diqqat bilan quloq solardi.

- Mening o'g'lim, - dedi birinchi ayol, - shunday chaqqonki, barcha ishda boshqa tengdoshlarini ortda qoldirib ketadi.

- Mening o'g'limning esa, - gapni ilib ketdi ikkinchi ayol, - bulbuldek ovozi bor. Dunyda bunday shirali ovozi bor bolani xech qayerdan topolmaysiz!

Uchinchi ayolning jim turganini ko'rib, hamrohlari ajablanib, so'rashdi:

- Siz nima uchun o'g'lingizni maqtamayapsiz?

- Mening o'g'lim oddiy bola. U sizlarning o'g'illaringiz kabi maqtashga arziydigan alohida qobiliyatlarga ega emas.

Ayollar chelaklarni suvga to'ldirgach, uyga qaytishdi. Ularning gaplarini eshitib o'tirgan qariya xam ularga ergashdi. Chelaklar og'irligidan yo'lda ayollar dam olgani to'xtashdi.

Shu payt qarshi tomondan uchta bola ko'rindi. Birinchi bola qo'llarida tik holda turgancha mashg'ulotlarda o'rgangan mashqlarini bajarib o'zini ko'rsata boshladi. "Qanday chaqqon, qanday epchil-a!" xayrat bilan tikilib qolishdi ayollar. Ikkinchi bola baland ovozda kuylay boshladi. Ayollar qo'shiqni tinglasharkan, beixtiyor ko'zlariga yosh olishdi.

Uchinchi bola esa onasining oldiga yugurib keldi-da, qo'llaridan chelaklarni olib uyga yo'l oldi. Ayollar biri olib biri qo'yib o'g'illarini maqtasharkan, ortlaridan kelayotgan qariyadan o'g'illari xaqidagi fikrini so'rashdi.

- Kechirasiz qanaqa o'g'illar xaqida so'rayapsiz? - ajablanib so'radi qariya. - Men faqat bitta asl o'g'ilni ko'ryapman, - dedi u onasining qo'lidan og'ir chelaklarni olgan bolani ko'rsatib.

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov