Tug'ilmagan bolalar suhbati

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Tug'ilmagan bolalar suhbati: — Ular meni nobud qilishga qaror qilishganida, yig'lab, qaqshadim, ammo eshitishmadi. Badanimga tekkan metal juda sovuq ekan. Og'rig'i ham yomon bo'larkan. Oyoq-qo'limni kesayotganlarida… ularning menga rahmlari kelmadi. Onam esa faqat unsiz yig'ladi, xolos Jannat. Yorug'likka burkangan go'shaning oppoq belanchaklarida suhbatlashib o'tirgan chaqaloqlarning qiqir-qiqir kulgilari, sho'x-shodon ovozlari dilbar shabada bilan chambarchas bo'lib ketgan bir pallada, diqqatlarini hozirgina belanchagiga yarim oqsab, yarim emaklab kelib yotgan chaqaloq bo'ldi. Hammasi birdaniga uni o'rab olishdi.

— Nima bo'ldi?
— U yoqda bo'ldingmi?
— Yer yuzi qanday ekan?
— Odamlarchi?
— Gapira qolsangchi endi!

Bolajonlar uni bir zumda ming xil savollarga ko'mib tashlashdi. U oldin hech narsa demadi. Egnidagi nur taratib turgan oppoq libosini echib tashladi. Uning bitta oyog'i va ikkala qo'li ham majruh edi. Bolajonlar birvarakayiga “oh”lab yuborishdi.

— Nima bo'ldi?
— Qaytib keldim.
— Nega qaytding?
— Keragim yo'q ekan.
— Oyoq-qo'llaringga nima qilishdi.

U aybdorona boshini egdi. Keyin ohista gap boshladi:
— Ularga qiz bolaning keragi yo'q ekan. Tangrim ularga meni ravo ko'rganida, ochig'i, ular ham men kabi xursand bo'lsalar kerak, deb o'ylagandim. Qolaversa, oldin hammasi yaxshi edi. Onam meni qanchalik asrab avaylar, e'zozlardi. Otam ham nafaqat meni, balki men sabab onamni ham boshida ko'tarib yurgandi. Nazarimda, hammasi meni intizorlik bilan ko'z tikib o'tirgandek edi. Men… juda-juda baxtiyor edim, eshityapsizlarmi, judayam baxtiyor edim.

— Bo'ldi, yig'lama, nega bunday bo'ldi axir?
— Ular meni nobud qilishga qaror qilishganida, butun umidlarim yo'q bo'lib ketdi. Qancha yalindim, yolvordim, ammo ular eshitishmadi. Yig'lab, qaqshadim, ammo… badanimga tekkan metal juda sovuq ekan. Og'rig'i ham yomon bo'larkan. Oyoq-qo'limni kesayotganlarida… ularning menga rahmlari kelmadi. Onam esa faqat unsiz yig'ladi, xolos.
— Hech kim yordam bermadimi?
— Yo'q. Bitta oppoq kiyinib olgan xola onamning boshini silab turib: “Hafa bo'lmang, singlim! Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'lib, keyingi gal sizga ham o'g'il beradi, mana ko'rasiz”, dedi. Chaqaloqlarning bari jim bo'lib qolishdi. Oraga cho'kkan sukunat qiyomiga etganida, yana bitta qizaloq o'rnidan turdi.
— Men bora qolay endi. Ota-onam meni intizorlik bilan kutishyapti.

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov