Tanish raqamlar

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Bir kishiga qo'ng'iroq qilish sabab, telefonim kontaktidan uning raqamini qidirar ekanman, boshqa raqam egasiga ko'zim tushib qoldi.

Ko'zim tushdi-yu, etim jimirladi, butun vujudimni qayg'u qamrab oldi.

Bu raqam egasi bilan tug'ilganimdan buyon birga edim. O'n oy avval ham kunda kun olis suhbatlashib turardik.

Raqamga ko'zim tusharkan, alamli xotiralar birin-ketin ko'z oldimdan o'ta boshladi. Chidab bo'lmadi, o'pkam to'lib ketdi, chuqur-chuqur xo'rsinardim. Afsus chekardim.

Bu raqam egasi, mening rahmatli padari buzrukvorim edi.

Manashu raqamdan dadam xayotliklarida, xar doim ham emas, onda-sonda:

- Iqboljon bolam, telefonimni puli tugab qoladi-da, iloji bo'lsa besh-o'n ming paynet qilib yuborgin, - derdilar.

- Xo'p bo'ladi dada.

Alam qiladigani, armon qiladigani, ba’zi-ba’zida o'zim bilan o'zim bo'lib (dunyoviy tashvishlarga berilib), aytgan iltimoslarini unutib qo'ygan kunlarim bo'lgandi. O'zlari telefonlariga pul tushirib, yana qo'ng'iroq qilardilar.

Telefon ekranida raqamlarini ko'rishim bilan boyagi iltimoslari yodga tushib, "eh esimdan chiqibdi-yu" degancha kolovlanib, qo'ng'iroqni olganimda:

- Iqboljon! Xavotir olma o'g'lim, o'zim pul tushirib oldim, ishlaringni qilaver, faqat ehtiyot bo'lgin! Boshing omon bo'lsin! - deb duo qilib qo'yardilar.

Alamli xotiralarni yodga olar ekanman, qanchalar beparvo ekanligimdan xafa bo'laman, o'pkam to'lib, ko'zlarimdan yosh dumalab, ekrandagi "Dadam" deb yozilgan telefon raqamiga dumalaydi.

Xayolga berilaman.

Qani endi xozir shu raqamdan qo'ng'iroq bo'lsaydi, 34 yillik tanish ovoz jaranglab:

- O'g'lim, yaxshimisan?

Ishlaring bo'lyaptimi?

Qiynalmayapsanmi?

Bizlardan xavotir olma, biz yaxshimisiz, o'zingni ehtiyot qil bolam! - desalar.

Yo'q, endi qo'ng'iroq bo'lmaydi!

Qo'ng'iroq bo'lmasligini bilganim uchun ham bugun chuqur qayg'udaman!

Jannatlarda ko'rishishlik nasib qilsin dadajon!

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov