Sevgi maktubi

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Yaxshimisiz, nigohimda qolgan eng aziz chehra? Sog'inchlar qo'llarimga qalam tutqazdi.

Omonmisiz, olisdagi azizim?

Sog'inch sizning ham yuragingizni tirnadimi?

Yo buzilmadimi xayollaringiz?

Men har kuni eslayman sizni, ilk uchrashgan chog'larimizni.

Siz o'zgalardek soat soramadingiz, adashgan musofir yigitdek bir fakultetning qayerdaligini so'rab qoldingiz.

Keyin yana uchrashib qoldik. Bir kun ko'rishmasak keng dunyo tordek bo'lardi. Kuzning yomg'iri-yu xazoni, qishning sokin va izg'irinli kunlari, bahorning shamoli-yu hamal yomg'iri, saratonning jaziramasi bizga bas kela olmasdi. Dillar topishsa shuning o'zi bas. So'zlashish shart emasdi bizlarga, nigohlar so'zlashardi. Tillarimiz biror marotaba ham sevgi so'zini ishlatmasa-da, ko'zlarimiz ishq kitobini yod olardi.

Qo'llarimiz bir-biri ila qovushmasa-da, yo'llarimiz birlashishiga intizor edik. Bizlar uchun uch yil degani juda tez o'tdi. Yangi orzular bilan o'ralashib qoldik. Orzumiz Toshkentga borib o'qish edi. Meni institutda o'qishga undagan ham siz edingiz. Siz bilan o'qishga borsam, mangu siz bilan qoladigandek edim. Bir tomondan shod edim, yana bir tomondan g'amgin. Uyimizdan sovchilar arimay qolgandi. Otam hali qizimiz yosh deb javob qaytarsa-da, ularning ostona hatlashlari davom etaverdi. Bu orada siz Toshkentdagi institutlardan biriga hujjat topshirdingiz.

Eh, bularning hammasi ko'z ochib yumguncha sodir bo'ldi. Inson ko'z yoshini yig'sa, ko'l bo'lib ketsa kerak. Yo'q, mening ko'z yoshlarim daryo bo'ldi-yov? Qaniydi shu daryoyimda baliq suzsa-yu, meni yutib yuborsa. Necha ming azob ila boshimni egdim. O'zim orzu qilganim emas, oddiygina oq libos kiydim. Hovlimizda odam ko'p. Iliq so'zlar, shirin tabassumlar, faqat mening ko'zlarimda g'am. Kuyov keldi, negadir yuragim notinch edi. Axir, u siz emas! Men o'z sevgi muhabbatimni yuragimning tub-tubiga yashirib qo'ydim. Endi bu tuyg'u hech qachon bosh ko'tarmaydi deb o'ylayman.

Qo'llarimga kuyov tomonidan taqdim etilgan guldasta bilan ota uyimni tark etar ekanman, jovdiragan ko'zlarim ko'ngil egasini izlardi. Shu payt yuragim qinidan chiqqudek bo'lib ketdi. Uni ko'rgandim. Qo'lida bir dasta atirgul bor edi. Oldimga kelishga yuragingiz dov bermadi chog'i, guldastani singlimga tutib, ko'zlaringiz ila menga baxt tilab hovlidan chiqib ketdingiz.

Yangi hayotga o'rganishim juda ham qiyin bo'ldi. To'liq bo'lmasa-da, el ko'zida baxtliman. Meni va bolamni yaxshi ko'radigan yorim, totuvgina oilam bor. Ammo bolalarimni ko'rib, o'z yoshligim, avvalo, menga baxt tilagan nigoh egasini eslab, xotira daftarini varaqlayman. Men aminmanki, siz ham qayerdadir baxtiyorsiz. Faqat qiziqqanim shu, haliyam meni sog'inasizmi, men kabi?!

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov