Sen ayolingga loyiqmisan?

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Bir yigit yosh qizga uylanibdi. Urfga ko'ra yigit do'stlarini uyiga chaqirib mehmon qilmoqchi bo'ladi. U bozordan so'yilgan qo'yni go'shtini olib kelib, pishirib berishini kelinga buyuribdi. Kelin go'sht pishirishni bilmasligini aytganda, yigitni achchig'i chiqib, kelinni buyumlarini yig'ishtirib, menga mos emas ekan deb otasini uyiga etaklab boribdi.
Otasiga: Qizingiz bir go'shtni ham pishirishni bilmas ekan, pishirishni o'rgatib qo'yinglar, qachon o'rganib bo'lgandan keyin olib ketaman, debdi.
Otasi: Mayli o'g'lim, ikki oyga qoldirib ketaqol, yaxshilab o'rgatib qo'yamiz, debdi. Oradan ikki oy o'tib kuyov bola kelinni olib ketgani keldi, qarasa ayoli har hil taomlarni pishirishni o'rganibdi, hursand bo'lib qizni olib ketmoqchi bo'libdi, shunda qizni otasi bozordan tirik qo'yni sotib olib kelib: Qani bolam, endi shu qo'yni so'yib bersang bir qizimiz ajoyib taomlardan pishirib bersa eb, olib ketarsilar, debdi. Kuyov bola umrida qo'y so'ymaganini aytibdi, shunda qaynotasi: Otanga borib ayt! Senga erkaklikni o'rgatsin! Yaxshilab qo'y so'yishni o'rganib kelsang keyin qizimni olib ketasan, deb aytibdi.
Xulosa: Ayolingni qanchalik kamchiligi bo'lsa, uni o'zing oshkora qilmay to'g'rilashga harakat qil, avvalo o'zingni ham qarab ko'r, loyiqmisan...?!
Bir donishmanddan:
- Sen nima uchun hech kimni kamsitmaysan?- deb so'rashganda, u: - Sababi men o'zim boshqalarni kamsitguday har taraflama mukammal emasman-da! -deb javob bergan ekan...

Azizlar ayollarni qadrlang!!!

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov