Qaytar dunyo

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Nimaiki qilsangiz o'zizingiz uchun qaytadi buni biling!!!
Bir podshoh vazirlaridan uchtasini chaqirtirib, bir g'aroyib ish buyuribdi. Ularning har biri qasrdagi bog'ga kirib, o'zlari bilan bo'lgan qoplarga har xil meva chevalardan to'ldirib chiqish edi. Yana boshqa bir talab ham bor bo'lib, u ham bo'lsa, bu muhim ishda biror kishini yollamaslik va mevalarni o'z qo'llari bilan terish edi. Vazirlar bundan ajablanishdi va qoplarini olib, bo'ston tarafga ravona bo'lishdi.

Birinchi vazir podshohni rozi qilishga intilib, har xil mevalardan eng yaxshi va pishganlarini terib qopini to'ldirdi.

Ammo ikkinchi vazir, podshoh bularga muhtoj emas, tekshirib ham o'tirmaydi, degan xayol bilan, yaxshi yomonini ajratmasdan to'g'ri kelgan mevalar bilan qopini to'ldirdi.

Uchinchi vazir esa, qopdagi narsa bilan podshohni ishi ham bo'lmaydi, degan e'tiqodda xashak va daraxt barglari bilan to'ldirib qo'ya qoldi.

Keyingi kuni podshoh, haligi vazirlarni o'zlari bilan birga qoplarini olib kelishga buyurdi. Hammalari to'planishgach, podshoh askarlariga, ularni qoplaridagi narsalari bilan uch oyga zindonga tashlashni amr etdi. Hech bir kimsa yeta olmaydigan uzoq joy edi. Bu ham yetmaganidek, ulardan oziq ovqat ham man qilindi, faqatgina o'zlari bilan yig'gan mevalarini olishga ruxsat berilgan edi.

Birinchi vazir, o'zi tergan yaxshi mevalarni yeyish bilan uch oyni o'tkazdi.

Ikkinchi vazir, uch oy unga juda qiyin kechdi, chunki tergan mevalaridan faqatgina yaxshilarini yeya oldi.

Ammo uchinchi vazir esa, birinchi oyni o'zidayoq ochlikdan o'ldi.

Qissadan xissamiz shuki bu olamdan faqat yaxshi narsa olishga intiling!!!

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov