Qalb ko'zi

No'malum. Muallifning Hikoyasi

SIZ YERDA YURUVCHI QUR'ON BO'LING...

Bir muslima bemor yotgan nasroniya qo'shnisining holidan xabar olgani chiqdi, va uni to'shakda yotganini ko'rdi.

Salom - alikdan so'ng:
- Qo'shni, keling, sizga Qur'oni Karimdan o'qib beray, eshiting! Tuzalib ketasiz, biz kasal bo'lsak, Qur'on ila shifo so'rab, duo qilamiz, tuzalamiz, - dedi.

Nasroniy ayol: - Mayli, faqat, oldin menga ozgina suv bering, juda chanqadim, - dedi.
Muslima unga suv olib keldi. Ichirib qo'ydi. So'ng boshini ko'tarib qo'yishini so'radi, yostiq qo'yib balandlab qo'ydi.
- Men bir necha kundan beri tuz totganim yo'q, qornim och, iltimos, biron taom tayyorlab bering, qarashadigan odamim yo'q, - dedi.

Muslima: - Hozir, biroz kuting, yemak keltiraman, - dedi.
Hech qancha vaqt o'tmasdan, issiqina, judayam mazali ovqat tayyorlab keldi. Nasroniyani taomlantirdi, suv ichirdi, yuviqsiz idishlarni yuvdi. So'ng kelib: - Qur'ondan biror surani o'qib beraymi? - deb yana so'radi.

Nasroniya ko'zlaridan ko'zyosh to'kib:
- Men o'qib berishingizdan oldin Qur'onni sizda ko'rib bo'ldim, - dedi.
Xulosa: Insonlar sizni hatti - harakatingiz, go'zal odob - axloqingiz, chiroyli muomalangiz orqali tanisinlar. Qur'onni o'qish, yodlash bu matlub ish.
Asosiysi U qalbingizda bo'lsin! Odamlar uni sizning maslakingizda ko'rsinlar!

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov