MEXRIBONIM

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Qanchalar farzand shirin, lekin kimdir ona bo'lish sharafiga ega kimdir esa armonda. Ollox taollo aytganiday Sabr tagi sariq oltin, inson qanchalik sabr ila yashasa shunchalik Olloxning suygan bandasi xisoblanar ekan va albatta tangrim unga mukofot sifatida shiringina jajji farishtaday farzand xadya qiladi. Bunga o'zim xam amin bo'lganman.

13 yil avval kelinoyim ko'krak saratoni bilan vafot etdilar va ikki o'gil bir qizlari bevaqt onadan ayrildilar, tog'am ham bunga chidolmadilar. Ancha vaqt mobaynida jiyanlarimiz ham tushkunlikda edi, tog'am vaqt o'tgani sari ko'p ichkilik ichadigan va farzagdlariga beetibor bo'ldilar. Jiyanlarimni esa buvim 2 yil mobaynida o'z tarbiyalari ostida katta qildilar va sog'liqlari ketgani sari tog'amga o'g'lim uylanmasang bo'lmaydi, bolalaringa yosh ona kerak, ularga meni sog'lig'im yo'q, kelinim vafot etganigaham ikki yildan oshdi, aybi yo'q bolam boshingni ikkita qilmasam bo'lmaydi, mana senxam o'zingni qo'lga olding, kelinim raxmatli yaxshi edi lekin umri qisqa ekanda peshonada bolam.

Peshonam, meni xam bir oyog'im yerda bir oyog'im go'rda qarib qoldim, ko'z ostimga bir beva ayolni olib qo'yganman, faqat u 10 yil dan buyon tug'magan ekan balkim o'sha ayol bolalaringa onalik qilar deb tog'amga uqitdilar va oradan bir necha kun o'tmay tog'am rozi bo'ldilar uylanishga.

Ayolni uyiga sovchi bo'p borishdi, qarabsizki u ayol xam rozi bo'ldi va kichik uyda nikox o'qitirib mexmondorchilik o'tkazishdi men xam uy yumushlariga qarashib yubordim va yangi kelinoyimlik bo'ldim, jiyanlarim bunga qarshilik bildirishmadi, sababi buvim ularga to'g'ri tushuntirib nasixat qilgan bo'lsalar kerakda.

Kelinoyim uyda o'zlarini ko'rsatib xammani mexrini qozondilar ayniqsa o'zi tug'magan bo'lsada ikkinchi turmush o'rtog'ining farzandlariga o'z bolasidek mexr berdi, lekin o'zi 10 yil farzand ko'rolmagan va doktorlar farzand ko'rmasligini quloqlariga quyib quygan ekan.

Tog'amning oilasi tiklandi va avvalgidey baxtli yashashda davom etishdi, to'ri oilada baribir kichik yoki katta janjallar bo'ldi, ammo kelinoyim sabrli bo'ldilar, oradan 5 yil o'tdi, men uyda ovqatga massaliq tayyorlayotgan edim bir payt eshik qattiq taqqilladi, qo'limdagi piyozni likopchaga qo'ydim va eshik tomon tez qadam tashlab yurdim, kim desam erkak kishi ovozi tog'amga o'xshadi, eshikni ochdim adashmagan ekanman eshik taqillatgan tog'am ekan, so'ngra so'rashdim uyga kirdilar va kelinoyim xomilador ekanliklarini aytdilar, quvondim quchoqlab tabrikladim Buvim bo'lsa quvonchdan ko'zlariga yosh kelib yig'ladidar deb so'zlab berdilar tog'am-opam ham eshitib xursan bo'ldi deb quvonib kelinoyimning oldiga kirib ketdilar endi biz shu qadar quvondik, kelinoyimchi faraz qiling biznikiga kelin bo'lishdan avvalgi xayotlarinixam 10 yil xomilador bo'lolmay va biznikiga kelib 5 yildan so'ng xomilador bo'lgan ayol qanchalar baxtli bolishini. 9 oydan so'ng kelinoyim tug'dilar to'rtinchi eng jaji jyanimni ismini buvim 15 yil xudodan surab olgan nabiram deb "OMONJON" qo'ydilar xozir esa Omonjon maktabda 1-chi sinfda o'qimoqda, shunaqangi shirin, aqilli, bilimdon, uni judaham yaxshi kuramiz. Oilamiz tinch Olloxga shukur, sabr tagi sariq oltin deb shuni aytishsa kerak.

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov