Menga yolg'onchi onamni topib bering....

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Sakkiz yoshli bolajonning onasi vafot etishi bilan dadasi farzandini yolg'iz qolishidan qo'rqib, ona mexridan ayrilib qiynalib qolmasin deb, boshqa ayolga uylanishga majbur bo'ldi. Oradan bir necha kun o'tgach ota farzandini bag'riga bosib, erkalab:

- Toychog'im, yangi onang bilan avvalgi onangni orasida qanday farq bor, deb so'rab qoldi.

Bola juda ham beg'uborlik bilan javob berdi:

- Haqiqiy onam menga yolg'on gapirardilar, ammo ikkinchi onam hamma aytgan gaplarida sodiq turadi.

Ota ta'jublanib so'radi:

- Qanaqasiga, bolajonim?

O'g'il:

- O'ynab o'tirganimda onamga yoqmaydigan ish qilsam, menga aytardilar:

«Agarda quloq solmaslikni bas qilmasang va menga zulm qilaversang senga ovqat bermay qo'yaman», derdilar... gaplariga parvo ham qilmasdim. Ba'zan, ko'chada ko'p o'ynab qolib ketsam, chiqib meni ko'chama ko'cha izlardilar, meni topmagunlaricha oyoqlari qaerga boshlasa o'sha yerga ketaverardilar. Va nihoyat meni topganlaridan keyin yuz ko'zlarimdan o'pib, meni uyga olib borardilar va mazali taomlari bilan siylardilar.

Endi esa yangi onam, «agar o'yinni bas qilmasang senga ovqat yo'q», dedilar. Mana ikki kundan beri qornim och, juda qiynalib ketdim dada....!

Menga yolg'onchi onamni qaytarib bering, iltimos dada. Yolg'onchi onamni sog'indim deya yig'lab yubordi...

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov