Laylak qor

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Azaldan xar bir faslning o‘ziga yarasha tarovati bo‘ladi deyishadi. Xaqiqatan xam bu bejiz aytilmagan. Baxor fasli gullar bilan burkanib, ko‘zni quvontirsa, yoz fasli turli xil mevalarni pishib yetilgani sabab, pishiqchilikni anglatsa, kuz fasli xam o‘z navbatida barcha qolgan ayrim sabzavot va poliz ekinlarini yetilib pishgan davrini namoyon qiladi. Qish xam garchi, og‘izga olinishi bilan qaxraton va sovuq kunlarni eslatsada, u xaqida xam bir talay «iliq» gaplarni aytish mumkin…

Xuddi ana shunday qaxraton qish kunlarining biri edi. Chamasi 6 yoshlarda bo‘lsam kerak. Chunki, o‘shanda kitob, daftar, qalam, maktab sumkasi kabi narsalarni xonadonimizda tilga olish boshlangan edi…

Buvimning uylari bizning uyimizdan 3 — 4 chaqirim narida edi. O‘sha paytlarda kunduz kunlari kattalar aytishganidek «extiyot bo‘lib», ba’zan buvimni uylariga borib, u yerda o‘ynab, vaqt o‘tkazib, so‘ngra kech kirmasdan «izim»ga qaytardim. Chunki, onam xam meni xuddi shunday deb tayinlab, so‘ngra u yerga borishimga ruxsat berardi.

Bir safar nima bo‘ldi-yu, qorong‘i tushgunga qadar o‘zim tengi bolalar bilan o‘ynab qolib ketdim. Avvaliga buvim uyga kech bo‘lib qolgani uchun ruxsat bermadilar. Keyin baribir «O‘zim ketaveraman, qo‘rqmayman, endi katta bo‘lib qoldim» deb turib olganimdan keyin, ilojsiz menga ruxsat berishdi. Buvim bilan xayrlashib, yo‘lga tushdim…

Qaxraton qish edi. Qor ancha qalin yoqqan. U paytlarda ko‘chalarda transportlar xozirgiga qaraganda ancha siyrak qatnardi. Shu sababli, yo‘lda asosan transportlar qoldirgan izdan yurishga xarakat qilardik. Uyimiz 3-4 chaqirim joyda bo‘lsada, lekin to‘g‘risi, bu masofa 5-6 yoshli go‘dak bola uchun judayam uzoq masofaday tuyulardi. Buvimga «qo‘rqmayman, ketaveraman» deganim bilan, baribir bir oz cho‘chirdim. U paytlar xonadonlar xam xozirgidek zich joylashgan emas , yakkam-dukkam xolda edi. Ora-chora ochiq dala yerlaridan xam o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Ayrim paytlarda esa, itlarning vaximali «vovullashi» meni bir oz xavotirga solardi. Bir payt orqamga qarasam, ayol va erkak kishi men ketayotgan tomonga qarab yurib kelmoqda. Ochig‘i, sevinib ketdim. Qo‘rquvni xam unutayozdim. «Axir ular menga xamroxlik qilsa, ular bilan uyimgacha yetib olamanku» deb o‘ylardim ichimda. Erkak ayoliga qaraganda kattaroq-kattaroq qadamlar tashlab, tezroq yura boshladi. U mendan xam uzib ketib, ancha oldinga o‘tib ketdi. U menga e’tibor xam bermadi. «Ayol xam xuddi u kabi tez-tez yurib, men qolib ketaman shekilli» degan tashvish meni bir zumda chulg‘ab oldi. Ayol menga yaqinlashganda, to‘xtab, unga qaradim. U xam to‘xtadida, meni oldimga keldi. Sharfimni, telpagimni to‘g‘rilab qo‘ydida, dedi:

— Xa, qo‘zichog‘im, bemaxalda qayerga yo‘l olding?

— Uyimizga — dedim qisqagina qilib. Ayolga uyimizni bilganimcha tushuntirdim. Baxtimga ayol turmush o‘rtog‘i bilan bizni uyimiz tomondagi bir tanishinikiga mexmondorchilikka ketayotgan ekan. Ayol meni qo‘limdan yetaklab oldi. Endi avvalgidan ko‘ra dadilroq qadam tashlay boshladim. Ayol menga yo‘l bo‘yi xar-xil savollarni berib borardi. Ismimni so‘radi. Yoshimga qiziqdi. Lekin baribir
xar gal gapirganida ismimni aytmay, nuqul «qo‘zichoq» der edi menga . Bir oz yurganimizdan keyin, avval qor oz-ozdan yog‘ib, keyin birdaniga laylak qor boshlab yubordi. Qor parchalarini kattaligini aytmaysizmi. Nimagadir zavqlanib, sevinib ketdim. Yana buning ustiga yo‘lma-yo‘l xar zamonda qor ustida sirpanib qo‘yardim. Ayol esa, «Xoy, qo‘zichoq, namuncha sho‘x bo‘lmasang?» deya koyiganday bo‘lardi…

Xaligi erkak (ayolning turmush o‘rtog‘i) esa, bizni kutmasdan tez-tez odimlab borar, biz tomonga qarab xam qo‘ymasdi. Ayol bu orada meni qo‘llarimni qo‘yib yubordi-da, ust-boshiga yopishib ulgurgan qor parchalarini qoqa boshladi. Men xam qo‘lim bo‘shaganidan foydalanib, ayolning xay-xaylashiga qaramay qorda sirpana boshladim. Keyin birdaniga yaxshigina yiqildim xam. Ayol meni o‘rnimdan turg‘izib, qorlarimni qoqdi. «Yomon tushmadingmi, qo‘zichog‘im?»-deb so‘ragan bo‘ldi. Men «Yo‘q» deganday boshimni qimirlatdim. Yana yo‘limizda davom etdik. Yarim yo‘lda birdaniga ayolning turmush o‘rtog‘i to‘xtab, bizni kutib turdi. Biz shundan foydalanib, unga yetib oldik. Yetganimizda ayol dedi:

— Namuncha tez yurmasangiz? Bizni qo‘rqadiyam, demaysiz-a?!

Erkak xiringlab, beo‘xshovgina kuldida, dedi:

— E, qo‘ysangchi, seni it yermidi!….

Ayol bu gaplardan o‘ng‘aysizlandi. Savol nazari bilan nimagadir menga qaradi.

— Qo‘zichoq, pochchangni gaplarini tushundingmi? — dedi sekingina qulog‘imga engashib. Men yana boshimni qimirlatib, «yo‘q» degan ishorani qildim. «Agar xa desam, meni yarim yo‘lda tashlab ketishadi» degan bolalarga xos xavotir ichida edim. Ayniqsa, «Kattalarni gapiga quloq solish yomon odatlardan biri» deb, doim miyamizga quyishgani xam esimda edi. Ayol menga qarab kulimsirab, «Baloga aqling yetadi seni» deb, yuzlarimni yolg‘ondan shapatilab qo‘ydida, yana qo‘limdan yetaklab yo‘lga tushdi. Endi erkak bizdan oldinlab ketmas, aksincha, biz bilan yonma-yon keta boshladi. Men yana bolalarcha fikrlay boshladim. «Demak, u yoqda bulardan xam kattaroq kishi kutib turibdi, biz bilan teng bormasa, nimaga ularni yolg‘iz tashlab, orqada qoldirding» degan tanbexni eshitmaslik uchun, manzilga oz qolganda ayyorlik qilyapgan shekilli».

Shularni o‘ylab, xaligi kishiga yer ostidan qarab qo‘ydim. U esa, barcha narsaga parvoyi palak, jimgina yo‘lida davom etardi. Uyimiz oldiga kelganda esa, shoshganimdan «Mana shu bizning uyimiz, men yetib keldim» deyish o‘rniga, oyoqlarimni qorga tirazlab, to‘xtashga xarakat qildim. Nega bunaqa qilganimni o‘zim xam bilmayman. Balkim xaqiqatan xam shoshib qolgandirman.

Ayol «Voy, qo‘zichoq, uyimga keldim demaysanmi? Senga boshim qorong‘imas…» dedi-yu, qo‘llarimni qo‘yib yubordi va qo‘lini xavoda silkitib, «Xayr» degan ishorani qildida, turmush o‘rtog‘i bilan yo‘llarida yana davom etishdi. Men esa ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lishguncha, bir zum qarab turdim. Ayolning «Senga boshim qorong‘imas» degan so‘zlari menga tanish tuyuldi. Xa, to‘g‘ri. Buvim xam, rosa to‘polon qilib, sho‘xligim kuchaygan paytlarda, «Xozir uyingga xaydab yuboraman, sen zumrashani. Senga boshim qorong‘imas» der edilar. Xuddi kelishib olishganday, xammalari bir xil so‘zni ishlatisharkan-da.(U paytlarda bu so‘zlarning ma’nosiga aqlim yetmasdi).

Men eshigimiz oldiga borib, garchi ularni allaqachon ketib bo‘lishganini bilsam xam, ortimga yana bir bor o‘girilib qaradim. Yog‘ayotgan qor parchalari esa bu paytda mening kiyimlarimni ancha oqartirishga ulgurgan edi…

***

Bir kuni nabiramni sochini oldirish uchun sartaroshxonaga bordim. Baxtga qarshi sartaroshxonada odam ko‘p ekan. Navbat olib, kutib turdik. Shu payt bir keksaroq kampir xam nabirasini yetaklab keldi. Qish fasli edi. Bir payt nabirasi buvisining qo‘lidan yulqinib chiqib ketdi-da, qorda sirpana boshladi. Keyin esa birdan yiqilib tushdi. Shunda o‘zimning xam yoshlik paytimdagi sirpanmoqchi bo‘lganim va yiqilganim yodimga tushdi. Shoshilib, yugurib borib, «Yomon tushmadingmi, ishqilib?» dedimda, bolakayning qorlarini qoqib, buvisini qo‘liga tutqazdim. Buvi esa menga «raxmat» deb minnatdorchilik bildirdi-da, dedi:

— Shu desangiz, mana shu nabiram juda sho‘x chiqdi-da. Boshqalariga sira-sira o‘xshamadi. Aytmoqchi, xozirgina nabiramga «Yomon tushmadingmi, ishqilib» dedingizmi?

— Xa, shunday dedim! — deb javob berdim ajablanib. Bilmasdan nojo‘ya gap gapirib yubordimmikan degan xayolga xam bordim.

— Xayotni qiziqligini qarang, bolam. Agar xotiram pand bermasa, bundan 50 yil muqaddam qish faslida xuddi shu ko‘chadan, raxmatli cholim bilan ketayotib, bir 5-6 yoshli bolakayni o‘zimizga xamrox qilib yetaklab olgandik. Lekin u paytlarda yosh navqiron edik. O‘sha bolakay xam meni xozirgi nabiram kabi anchagina sho‘x edi. Keyin sirpanib yiqilib tushdi. Men uni o‘rnidan turg‘azib, qorlarini qoqib, «Yomon yiqilmadingmi, ishqilib» deb, so‘ngra….

Buvining gaplari shu yerga yetganda meni yuragim g‘alati ura boshladi, qattiq xayajon bosdi. Buvi gapirishdan to‘xtamasdi, lekin mening quloqlarimga uning gaplarini birortasi xam kirmasdi. Chunki men bu payt bu yerda emas edim. Aniqrog‘i, ta’nam shu yerda bo‘lsada, xayolan vaqt mashinasida qariyb 50 yil ortga, ya’ni beg‘ubor bolaligim qo‘yniga qaytgan edim. Buvi xamon nimalarnidir so‘zlar, men esa shirin bolalik xotiralariga butunlay g‘arq bo‘lgandim…

Sal o‘zimga kelgach, buvining ismini, uy manzilini so‘ramoqchi va keyin o‘zimni tanishtirib, «Mana, men o‘sha 50 yil avvalgi bolakayman, qarang kap-katta odam bo‘lib qoldim, nabiram xam bor» deb uni ajablantirmoqchi bo‘ldimu, lekin to‘xtab qoldim. Yaxshisi, ko‘pchilik oldida indamayman, buvi tashqariga chiqqanida xoliroq joyda o‘zimni tanishtiraman. Buning sababi bor, albatta. Chunki, o‘shanda turmush o‘rtog‘ining unga aytgan gapi, ya’ni o‘sha «Seni it yermidi?» degan gapini xech kimga aytmaganimni va bundan keyin xam aytmoqchi emasligimni gapiraman.

Shularni o‘ylab, nabiramni olib, yarim chaqirim yerdagi savdo do‘konidagi ishimni bitirib kelay deb, o‘sha tomonga yurdim. Buvining navbati kelguncha kamida 20 minut vaqt kerak. Men esa bor-yo‘g‘i 10 minutda qaytaman.

Xaqiqatan xam do‘kondan nabiram bilan mo‘ljallanganidan xam ertaroq qaytdik. Chunki, menda buvi bilan tezroq ko‘rishish ishtiyoqi baland edi. Sartaroshxonaga kirdik. Lekin afsuski, u yerda buvi yo‘q edi…

— Buvi qani — deb so‘radim sartaroshdan shoshilib.

— Buvini yoshlarini xurmat qilib, ularga navbatsiz xizmat ko‘rsatdik — dedi u mamnun xolda, o‘tirganlarga ishora qilib. O‘tirganlar xam istar-istamas boshlarini sarak-sarak qilib, bu gapni tasdiqlaganday bo‘lishdi.

Meni esa, aksincha jaxlim chiqayotgandi. Sartarosh menga bir qaradi-yu, ajablanganligini bildirganday, yelkasini qisdida, o‘z ishini davom etdira boshladi.

Men u yoqdan bu yoqqa yura boshladim. Biroz asabiylashdim. Sartarosh menga qarab:

— Tobingiz yo‘qmi? — dedi.

— Yo‘q yaxshiman. Xaligi buvini taniysizmi? — deb so‘radim.

— Yo‘q, birinchi ko‘rishim — javob qildi sartarosh. Shunda savol nazari bilan qolgan o‘tirganlarga qaradim. Ular xam yelka qisishdan nariga o‘tishmadi. Demak, buvining uyi shu yaqin atrofda emas. Mabodo, qidirgan taqdirimda xam uni topish oson bo‘lmaydi.

Tashqarida nabiram bilan biroz turdik. Qarasam, nabiram sovuq qotib qoladi. Ketayotganimizda, sartarosh xam tashqariga chekish uchun chiqqan ekan:

— Aka, biron nima yo‘qotmadingizmi? — so‘radi jilmayib.

— Bolalikdagi xotiralarimni topib oluvdim, shuni yo‘qotib qo‘ydim! — dedim yarim jiddiy oxangda.

Sartarosh bu gaplarimni «xazil» deb qabul qildi-yu, kulimsirab, ish joyiga qaytib kirib ketdi. Biz xam nabiram ikkimiz uyga yo‘l oldik. Yo‘lma-yo‘l nabiram bir nimalarni chuldirab, gapirib borardi. Lekin uning bu «chuldirashlari» qulog‘imga kirmasdi. Men xali xam 50 yil avvalgi bolalik davrimda, nabiram tengi «bolakay» qiyofasida edim…

Keyinroq xam o‘sha buvini surishtirmoqchi bo‘ldim, lekin na ismini bilaman, na bir manzilini. Nachora….

***

Oradan ancha yillar o‘tdi. Men xam avvalgidan bir oz keksayib xam kolgandim.

Kunlarning birida bir do‘stimning yaqin qarindoshlaridan biri vafot etdi. Janozadan keyin marxumani qabrga qo‘yish uchun qabristonga yo‘l oldik. Marxumani rasm-rusmlar bilan dafn etildi, So‘ngra qabristondan birin-ketin tarqala boshladik…

Bir necha kundan keyin, taomilga ko‘ra marxuma uchun exson qilindi. Men xam taklif etilganim uchun, do‘stim ikkimiz aytilgan vaqtda marxumaning xonadoniga kirib bordik. Exson uchun dasturxon yozilgan uyga kirib joylashdik. Shunda barcha o‘tirganlar xar-xar zamonda uyning to‘riga bir-bir qarab qo‘yayotganlari e’tiborimni tortdi. Aslida, odat bo‘yicha xadeb u yoq — bu yoqqa qaray berish odobsizlik sanaladi. Bir payt men xam ular kabi beixtiyor, uy to‘riga asta nazar tashladim. Qaradimu…

Uy to‘rida marxumaning surati ilib qo‘yilgan edi. Suratdagi marxuma esa — afsuski, o‘sha buvi edi.

Shundagina men, bolalikdagi o‘sha laylak qor yoqqan kundagi beg‘ubor xotiralarni jonli yagona guvoxini bir umrga yo‘qotganimni xis qildim….

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov