Ko'pchilikning duosi

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Bir yigitni yoshlik chog'ida otasi ulib ketgan ekan. Uning onasi ne qiyinchiliklarga qaramay shaharga yuborib uqitibdi... Yigit oliy ma'lumotli el ardoqlagan yetuk inson bp'lib yetishibdi...

Yigit onasini juda xurmat qilar, onasiga juda mexribon ekan... Yigit qishlog'iga qaytib kotta lavozimda ishlay boshlabdi... do'stlari kundan kunga orta boshlabdi... Bir kuni do'stlari yigitni toqqa sayr qilgani taklif qilishibdi... juda chiroyli manzara quynida dam olib o'tirishgan ekan, bir to'da qo'y haydab kelayotgan cho'ponga ko'zlari tushibdi... Cho'pon muysafid kishi bulib ularni yonlariga yaqinlashib kelayotgan ekan... Yigit darrov urnidan turib cho'ponga salom beribdi... Do'stlari uni ustidan kulib, kimsan falonchi boyvachcha cho'ponga ham salom berasanmi deyishibdi... Yigit cho'ponni tanibdi otasini qadrdon do'sti Ashir cho'pon ekan... Ashir bobo yigitni ko'rib:

- Ota o'g'il bormisan... otangga rosa o'xshab qolibsanku o'glim... Kotta odam bo'libdi deb eshitgandim seni... hayriyatki seni ko'rib qoldim, otangni omonatini qaytarish vaqti keldi o'g'lim... manashu qo'ylar hammasi seniki, otang o'limidan oldin menga 20 ta qo'y qoldirib, o'glim voyaga yetganda berasan degandi... Mana qo'ylaring 700 dan oshdi o'g'lim... Omonatingni qaytarib ol men ham qarib qoldim debdi... Yigitni do'stlari hangu mang bo'lib qolishibdi... Yigit cho'ponga 200 ta quyni ajratib:

- Ashir ota mana bu qo'ylar sizni xizmat haqqingiz... uydagilarga meni nomimdan salom ayting - deb cho'pon bilan xayirlashibdi... Ashir cho'pon yigitdan juda xursand bo'libdi... 500 ta qo'yni haydab yigit yo'lga tushadi... to'gri bozorga kelib qo'ylarni sotmoqchi bo'ladi.... Qo'ylar semiz bo'lganligi uchun atrofini xaridorlar o'rab olishadi....

- Qo'yingiz necha pul - deb yigitdan surashibdi... Yigit:
- Qo'ylarim falon pul, lekin men qo'ylarimni nasiyaga beraman. Shu shart bilanki, pulini Onam o'lgan kuni berasizlar... shu shartimga ko'ngan kishi bittalab yetaklab olib ketaversin debdi... Bozordagi odamlar talashib tortishib qo'ylarni yetaklab keta boshlashibdi... Yigitni Onasi bu ishlardan xabar topib yig'lab yuboribdi.

- Nahotki o'z bolam meni o'limimga shunchali rozi bo'lsa Meni o'limimni tilasa... deb kuyunibdi... Yigit uyga qaytib kelsa Onasi uni homush chexra bilan kutib olibdi Yigit shunda:

- Ex Onai zorim men chakki ish qilmadim volidam... Men qo'ylarni shunchaki savob yo'liga ham tarqatib yuborishim mumkin edi, lekin qo'ylarni olib ketgan odamlar:" Ishqilib falonchini onasi o'lmasinda Ko'p yashasin ... agar o'lsa yigit pulini qistaydi "- deb sizni duo qilib yurishsin deb ataylab shunaqa qildim debdi... O'zingiz aytardingizku Ona ko'pchilikni duosi ijobat bo'ladi deb shuning uchun shunaqa qildim Onajon debdi.... O'g'lini bu donoligidan Ona sevinch ko'z yoshlarini artib Alloh sendan rozi bo'lsin bolam... Otang sendan rozi bo'lsin deb duo qilibdi..!
____Endi hissadan hissa shuki ....hulosa chikarish sizlardan azizlar...!___

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov