Irodasizlik oqibati.

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Fasllar kelinchagi bahorning ilk kunlarida yigit xiyobon bo'ylab sayr qilgani chiqgan edi, nogaxon xiyobon chekkasidagi kursida yolg'iz hayollar og'ushida o'tirgan qizga ko'zi tushdi. U qiz bilan tanishish maqsadida uning yoniga yaqinlashib, u bilan hamsuhbat bo'lishini bildirib, kursidan joy oldi. Dunyo hayollariga g'ark bo'lgan qiz yoniga kelib o'tirgan barno yigitga ko'z qirini tashlab, o'zini beparvo tutib, xayol surishda davom etdi. Yigit salom-alik qilib, sekingina gap boshladi va qiz bilan tanishib oldi. Bu vaqtda kun o'z o'rnini allaqachon tunga bushatib bergan, sokin tun o'z hukmronligini boshlab yuborgan edi. Qiz men ketishim kerak kech bo'lib qoldi deyishi bilan yigit unga sizni kuzatib qo'ysam harqalay yolg'iz ekansiz, uyingizga yetib olguningizcha hamroxingiz bo'lay deb o'rnidan turdi, qiz esa biror so'z demay bir-ikki qadam odimlab ketdi, sukut alomati rizo deb yigit ham qizning ortidan yurdi. Qizni uyigacha kuzatib ko'yib, o'zi ortiga qaytgan yigit endi tunlarni bedor o'tkazadigan bo'ldi, faqat va faqat xayolida o'sha qiz. Ularning ilk tanishuviga guvoh xiyobon yana qancha visol onlariga ham guvoh bo'ldi. Yigit bilan qizning yuragida sevgi kurtak yoza boshladi, bu ikki yosh bir-birini yonib sevdi, bir-birisiz dunyo ko'zlariga tor ko'rina boshladi, shu tariqa oradan ikki yil o'tib, ular turmush qurishga axd qilishdi, go'yoki taqdir bularni bir-biri uchun atayin yaratgandek, ikki sevishgan qalbning nikoh to'ylari, visol onlari xuddi o'zlari xoxlaganlaridek juda chiroyli o'tdi.

Nikoh to'yiga tashrif buyurgan har bir yoshu-qari uzukka ko'z qo'ygandek bir-birlariga mos, ilohim baxtlariga ko'z tegmasin deb duo qilishdi. Bir-birisiz xattoki nafas olmaydigan juftlik endi tunlarni birgalikda bedor o'tkazadigan bo'lishdi, shunday kunlarning birida qiz yigitga yaqin kunlarda ikkalasi uchun quvonchli kun bo'lishini, Yaratgan Tangri ularni ota-ona bo'lish baxti bilan siylamoqchi ekanligini aytib qoldi. Shu kundan boshlab yigit xali tug'ilmagan go'dakga ism izlay boshladi, va har tun qizga menga shiringina qizaloq hadya qilgin, bir-birimizga bo'lgan sevgimiz hurmati muxabbatimiz mevasi o'z nomi bilan «Muxabbat» bo'ladi deb iltijo qilardi. Vaqti-soati yetib ikki sevishgan yosh farzandli bo'lishdi, bedor tunlar qilgan iltijolari amalga oshib, Alloh ularga shiringina qizalok hadya qilgandi, qizaloq dunyoga keldi-yu, yuragida bir qancha orzulari bilan qiz yorug' olamni tark etdi. Baxt bilan baxtsizlik yonma-yon yuradi deganlari shudir balki…

Sevgilisining bevaqt ko'z yumishi yigitni telbaga aylantirdi go'yo, ichkilikga ruju qo'ydi. Xattoki suyukli ayolining hadyasi sevgisining mevasi Muhabbat ham unga taskin bera olmadi. Sevgilisi boqiyga rixlat qilgan kundan boshlab, yigit qizalogi' Muhabbatga nafrat ko'zi bilan qaray boshladi, buni ko'rgan qarindoshlari qizaloqni o'zlari bilan olib ketishdi, shunda ham yigit ichkilikni tashlamadi, qaytangga Muhabbatni olib ketgan qarindoshlariga borib qizining evaziga aroqga pul so'rab aroq ichib yuraverdi. Toqatlari toq bo'lgan qarindoshlar qizaloqni uyiga olib kelib tashlashdi. Yigit qizining ochligi, usti yupunligi bilan umuman qiziqmas, topgan bir-ikki sum pulini aroqga sarflab kun ko'rardi. Buni ko'rgan qo'ni-qo'shnilari qizchaga raxmlari kelib navbatma-navbat bir kosadan ovqat chiqara boshlashdi, noshud, xudbin ota esa menga aroqqa pul bersalaring ovqatni qizimga yediraman, bo'lmasa senlarning muruvvatlaringa zor emasman deb olib kelingan ovqatni to'kib tashlardi. Qiyinchiliklar bilan voyaga yetayotgan qizaloqning yashashdan maqsadi yo'k, bundan ko'ra oyijonimning yoniga ketganim ma'qul deb yig'lab turganini ko'rgan bakkol amaki unga rahmi kelib, yoniga chaqirdi, qizim mana bu ovqatni yeb olgin deb unga kosadagi ovqatni tutdi, bir kosa ovqatni ko'rgan qizaloqning ko'zlarida umid uchqunladi, apil-tapil ovqatni yeb olib, amakijon ovqatni evaziga sizga yordam beray, uy ishlaringizni qilaman, kirlaringizni yuvaman deb yalinib yolvordi. Bakkol amaki esa qizim senga bir ish bor xoxlasang meni do'konimdan gugurtlarni olib borib xiyobonda sotsang yaxshigina haq to'layman seni gugurtsotib o'tirganingni ko'rgan har qanday odam senga rahmi kelganidan ham savdo qiladi deb unga bir qancha gugurt berdi. Endigina 7 yoshga qadam qo'ygan qizaloq bakkol amakini do'konidan gugurt olib har kuni xiyobonga chiqadigan bo'ldi. Uni gugurt sotib o'tirganini ko'rgan odamlar xuddi bakkol amaki aytganidek raxmi kelganidan ham savdo qilisha boshladi. Qizaloq esa topgan pullarini bakkol amakiga olib kelib berar, va evaziga unga amaki bir kosa ovqat va ishlab topgan pulining 10% miqdorida maosh to'lardi. Bir kun birdaniga shamol turib, xiyobonda gugurt sotib o'tirgan qizaloqning gugurtlarini har tarafga uchirib yubordi bir sum ham savdo qila olmagan qizaloq yum-yum yig'lab ortiga qaytdi. Qo'rqa-pisa bakkol amakiga amakijon ertaga bugungi shamol uchirib yuborgan gugurtlarni pulini ikki xissa qilib to'layman, men bugun savdo qila olmadim deb amaki bergan ovqatni chekkaga surib qo'ydi. Qizaloqning xali go'dak bo'lishiga qaramay vijdoni pokligini o'zi ishlab topgan har bir luqmasini halollab yeyishini ko'rgan amakining ko'zlari beixtiyor namlandi.

Qizaloq topgan pullarini tiyinigacha sanab otasi olib qo'yib aroq ichardi. Ayozli kunlarning birida birdaniga havo aynib, sharroslab yomg'ir quydi, xiyobonda gugurt sotib o'tirgan qizaloqning gugurtlari yomg'irda qolib ivib ketdi, bir sum ham savdo qila olmagan qizaloq bakkol amakini yoniga borishdan cho'chib, uyiga qaytdi. Uyiga kelib uyga kirsa otasining g'azabiga duchor bo'lishidan, pul topib kelmagani uchun ayovsiz kaltaklanishidan qo'rqib, uyga kirmay eshik tagida yupun xolida tongni otishini intizorlik bilan kuta boshladi. Otasining kaltagidan, qaxru-g'azabidan tashqarida izg'irin havoda o'tirishni afzal bildi. Tong otgach qizining kelmay qolganini bilgan ota g'azab bilan tashqariga otildi. Eshikni zarb bilan ochgan vaqti, eshik nimagadir tegib yana qaytib yopilib qoldi. Bundan g'azablangan ota bor jon-jaxdi bilan eshikni tepib ochib, tashqariga chiqqanida eshik ortida tizzalarini quchoqlab o'tirgan qizaloq pastga dumalab ketdi. Buni ko'rgan ota qizaloqni ayamay tepib, ura boshladi. Senimi hali uyga kelib menga pul bermaslik uchun uyga kirmay yashinib o'tirgan deb ayovsiz kaltaklardi. Xudbin otaning kaltaklariga ingramay bardosh berayotgan murg'akkina o'z pushti kamaridan bo'lgan sevgisining mevasi Muhabbat allaqachon yorug' dunyoni tark qilgan edi. Gumroh ota esa miq etgan tovush chiqmayotgan qizaloqni qani pullaring menga aroq olib kel deb xamon jonsiz tanani ayovsiz kaltaklardi.

Aziz Kutubxonachi UZ foydalanuvchilari bu hikoyani o'qib ko'p va xo'p o'ylab, sizlarning hukmingizga havola qilishga qaror qildim. Aytinglarchi ikki sevishgan yoshning sevgisi, bir-birlariga bo'lgan muhabbatlarining mevasi «Muhabbat» dunyoga nimaga keldi-yu, nimaga ketdi?

Odamzod boshiga qanday musibat tushmasin, beshavqat o'lim yaqinlaridan judo qilmasin.. nima bo'lgan taqdirda ham.. taqdirga tan berishi lozim.. Birgina irodasizlik, kat'iyatsizlik tufayli, shayton yo'liga kirib qolib, ko'p xatolarga, hattoki qotillikka ham qo'l urishi mumkin.

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov