Go'zal bir qiz

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Bir yigit otasiga:
- Go'zal bir qizni ko'rdim. Uning husnu-jamoli meni o'ziga rom etdi, ko'zlari sehrlab oldi, -debdi.

O'g'lining gapidan xursand bo'lgan ota:
- Qani, qaerda ekan sen aytaetgan qiz? Yur, uni senga olib beraman, - debdi va yo'lga tushibdilar...

Ota qizni ko'rgach unga mahliyo bo'libdi va o'g'liga:
- Quloq sol o'g'lim, bu qiz sening tenging emas, unga loyiq emassan. Bu qiz hayotda tajribasi bor va unga tayanib ish tutadigan mendek insonga munosib! - debdi.

Otasining gaplaridan hayron qolgan o'g'il:
- Yo'q ota, bu qizga men uylanaman va siz to'sqinlik qilolmaysiz! - debdi.

Ota-o'g'il bu muammoni hal qilish uchun navbatchi zobit oldiga yo'l oldilar va u erdagi zobitga bor gapni aytib berdilar.

Ularni tinglagach zobit:
- Qizni olib kelinglar o'zidan so'raymiz qay biringizni tanlar ekan, - dedi.

Qiz kelgach zobitning ko'zlari qamashdi, es-hushini yo'qotdi va husniga maftun bo'ldi. Ota-o'g'ilga:
- Yo'q, bu qiz siz ikkingizga to'g'ri kelmaydi. Shaharda eng kelishgan, men kabi xushsurat insonga munosib! - dedi.

Endi uchchovlari talashib-tortishib vazir huzuriga bordilar.

Qizni ko'rgan vazir :
- Bu qiz mendek vazirga turmushga chiqishga loyiq!-debdi.
Shu bilan to'rttovlon bahslashib ketibdilar. Axiri shahar hokimiga boribdilar. Hokim:
- Men sizlarning muammoingizni hal qilib beraman. Qizni chaqiring! -debdi.

Hokim qizni ko'rib:
- Sizlar unga to'g'ri kelmaysizlar. Bu go'zalga mendek hokim munosib! -debdi.

Oxir - oqibat hammalari janjallashib, tortishib ketibdilar.
Shunda qiz :
- Bu masalaning echimini bilaman! Men yuguraman, sizlar esa mening ortimdan quvlaysizlar. Kim meni birinchi ushlab olsa, men o'shanikiman, - debdi va qochishni boshlabdi. Qolganlar: yigit, otasi, zobit, vazir, hokim esa uni quvlay ketibdilar. Qizning ortidan yugurib borar ekanlar, to'satdan tubsiz chuqurlikka tushib ketibdilar.

Yuqoridan qiz ularga qarab: Meni tanidinglarmi?!
Men DUNYOman! Hamma odamlar mening ortimdan yuguradilar... Meni qozonish uchun musobaqalashadilar... Meni qo'lga kiritaman deb, dinlariga e'tiborsizlik qiladilar... Natijada menga etay - etay deganlarida qabrga qulaydilar... Men esa, qochaveraman - qochaveraman!... - debdi.

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov