G'iybat haqida

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Bir ayol qo'shnisini g'iybat qilibdi. G'iybat gap tezda qishloq aholisiga tarqabdi. G'iybat qilingan odam esa ancha iztirob chekibdi. Ma'lum vaqtdan keyin xaligi ayol qilgan ishidan pushaymon bo'libdi. Hatosini qanday tuzatishni bilmay, bir dono zotga murojaat qilibdi.

Donishmand unga shunday maslahat beribdi:
«Bozorga borib tovuq sotib ol va so'ydir. Keyin uyga qaytishda, patlarini yulib, yo'l bo'yi yerga sochib kel».
Ayol bu g'alati nasihatga hayron bo'lsa-da, donishmandga xurmati tufayli, ishni aytilgandek bajaribdi.

Ertasi kuni donishmand ayolga:
«Kecha tashlab kelgan patlaringni bugun terib kel», deb buyuribdi. Ayol kechagi yurgan yo'lidan borib, patlarni to'plamoqchi bo'libdi. qarasa, shamol barcha patlarni uchirib ketgan ekan. Soatlab izlash natijasida, bor- yo'g'i bir-ikkita patni topibdi. Dono zot unga: «Ko'rdingmi, ularni yerga tashlash oson, ammo qayta to'plashning iloji yo'q.

G'iybatni ham qilish oson, biroq asoratini ketkazish nihoyatda mushkul»...

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov