Fidoiy er.

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Ayol o'ttiz ikki yoshda, juda go'zal, turmush o'rtog'i xam ko'rkam erkak, DENGIZ OFITSYERI edi...

Bir necha oy avval yanglish tashxis oqibatida operatsiya amaliyoti muvaffaqiyatsiz yakunlanib, go'zal ayol ko'zlaridan ayrilgan, butkul ko'rmay qolgan edi. Eri operatsiyadan so'ng ACHCHIQ XAQIQATni eshitib o'z-o'ziga bir so'z bergandi.

Kunlar o'taverardi... Ayol kundan kunga o'zini yomon xis qilar, jondan ortiq sevgani eriga o'zini ORTIQChA YuK deb o'ylardi... Juftining bunchalik sukutda qolgani, zabun axvoli erkakni qayg'uga solardi. To'satdan yodiga rafiqasining avvalgi ishi tushdi. Ishiga qaytishini xoxlardi. Ammo buni juftiga qanday aytishni bilmasdi. Chunki ayol juda MAHZUN va tushkun edi. Butun jur'atini tiliga to'plab, oqshom rafiqasiga gap ochgandi, ayol DAXShAT bilan baqirdi: Men qanday ishlayman, axir ko'rman-ku!
Eri unga yordam berishini aytdi. Xar kuni tongda o'zi ishga olib borib qo'yishini, kechqurun ishdan olib qaytishini, yana avvalgidek ishlab ketishiga ishonishini aytdi. Erkak ayolini yaxshi bilardi va u garchi KO'ZI OJIZ bo'lsa-da ishini a'lo darajada bajara olishini bilardi Ayol umidsizlik bilan erining taklifini qabul qildi. Chunki uni qattiq sevardi, so'zi qaytib, ranjib qolishini istamasdi... Xar kuni ertalab juftini ishga tashlab qo'yar, ishdan so'ng o'zi olib kelardi FIDOIY ER...

Kunlar shunday o'tardi... Avvalgidan ancha axvoli o'nglanib, quvnoq bo'lib qoldi ayol. Eri esa bundan ortig'ini istardi. O'ziga so'z bergandi, va'dasini bajarish uchun oxirigacha XARAKAT qilishi kerak edi. Bir oqshom juftiga: Endi ishga o'zing borib qaytasan, - dedi... Ayol shoshib qoldi. Aslo bunday qilolmasligini aytdi... Eri gapida qat'iy turgandi, yana uni ranjitishni istamadi... Buni o'zi xam astoydil xoxlab turgan bo'lsa-da, bunday qila olishiga ishonmasdi... Ammo jur'atini to'pladi... Endi ertalablari AYoL avtobus bekatiga o'zi borar, avtobusga chiqar va avtobusdan tushib ishiga bora olardi...

Kunlar kunlarni quvalab o'tar, xech muammo yo'q edi. Bir kuni avtobusga chiqayotganida xaydovchi: Sizga xavasim keladi, xonim afandi, - dedi. Ayol bu gap o'zigami boshqagami aytilganini anglamay, sekingina ~ “NEGA..?” deya so'ragandi, xaydovchi: Chunki xar kuni ertalab ortingizdan bir ofitser kiyimidagi YOSh ERKAK avtobusga chiqadi va yo'l bo'yi sizga muxabbat to'la nigoxlari bilan termulgancha keladi... Avtobusdan tushganingizdan so'ng yashil chiroq yonganida yo'ldan nariga o'tishingizni kuzatib turadi va siz binoga kirib ketganingizdan keyin ortingizdan havoda bo'salar yuborib, ADOQSIZ SYeVGI bilan qo'llarini silkib qoladi. - dedi. Ayolning ko'ngil ko'zi yorishib, chexrasi avvalgidan-da GO'ZALLAShIB ketdi...

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov