Farosat

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Bir shohning yakkayu yolg'iz zurriyodi bo'lib, u shunchalar uquvsiz ekanki, unga saltanat tugul, oddiy bir ishni topshirish ham amrimahol ekan. O'g'limni qanday hunarga o'rgatsam ekan, deb shoh uzoq bosh qotiribdi va oxiri folbinlikni ma’qul ko'ribdi. Ustoz folbinlar bu mushkul vazifani chor-nochor o'z zimmalariga olishibdi.

Oradan yillar o'tib, ular shahzodani saroyga boshlab kelishibdi, shoh oldida ta’zim qilib

- Olampanoh, o'g'lingiz folbinlikning barcha sir-asrorlaridan voqif bo'ldi - nimaiki bilsak, unga o'rgatdik.

Shoh uzugini kaftiga yashirib, o'g'lini sinov qilibdi.

- Qani, ayt-chi, qo'limdagi nima?

Shahzoda qumga chizib, fol ochibdi:

- Qo'lingizdagi narsaning o'zi dumaloq, o'rtasi teshik, - debdi nihoyat.

Shoh bundan rosa mamnun bo'libdi.

- Barakalla o'g'lim! Lekin sen uning faqat alomatlarini aytding. Endi otini ham ayt-chi?

Shahzoda o'ylay-o'ylay:

- Tegirmon toshi, - deb javob beribdi.

Bu gapni eshitgan shoh peshonasiga urib, faryod chekibdi:

- Bilim kuchi bilan barcha alomatlarni topding, lekin odamning kaftiga tegirmon toshi sig'masligiga farosating yetmadi.

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov