Bir qashshoq baliqchi.

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Katta baliq, tutib, xursand bo'lib ketayotsa yo'lidan zo'ravon bezori chiqib baliqni unga berishini so'rabdi. Baliqchi bu baliqni sotib, bolalariga yeyish uchun xarajat qilishini, bolalarini ochligini aytibdi. Ammo zo'ravon kuch ishlatib baliqni tortib olibdi. Baliqchi och bolalari uchun qancha yalinib, yolvormasin mushtumzo'r bezori pinagini buzmastan baliqni olib jo'nab ketibdi.. Baliqni olib yo'lda ketayotsa baliq tipirchilabdi va to'rdan pastga tushib ketibdi.

Dil ozor odam baliqni tutib qayta to'rga joylashtirishga xarchand urinayotgan maxal bosh barmog'ini baliq jaroxatlabdi.. Barmog'idan qon oqa boshlapti. Bunga e'tibor bermagan bezori odam uyiga kelib, xech narsani o'ylamay baliqxurlik qilibdi. Jaroxatlangan barmog'i tuni bilan u odamga uyqu bermasdan qattiq og'rib chiqibdi.. Og'riqqa chidamagan odam ertasiga tabib xuzuriga boribdi. Tabib jaroxat jiddiyligini ya'ni gangrena (chirish) kasalligi ekanini aytibdi. Agar barmoqni kesib tashlamasa kasallik butun qo'lga o'tishini aytibdi.

Barmoqni kesib tashlabdi. Og'riq jaroxat to'xtamabdi. Tabib qo'lni tirsagigacha kesib tashlabdi. Og'riq jaroxat baribir to'xtamabdi. Bir qo'lni elkagacha kesib tashlabdi. Og'riqdan iztirobda qolgan odam ilmli donishmand huzuriga boribdi. Donishmand voqeani negizigacha surishtirib bilibdi va debdi:

-Sen zudlik bilan baliqchini izlab top. Sening darding uning norizoligida. Tez uzr so'rab, baliqchini rozi qilmasang dardingga davo topolmasliging turgan gap.. Zo'ravon bezori odam baliqchini izlab topibdi. Uning oyoqlariga yiqilib uzr so'rabdi, bo'lgan xodisani aytib beribdi. Baliqchi u odamni kechiribdi.
Shunda u odam baliqchidan so'rabdi:

-Sendan baliqni tortib olgan kunim sen Allohga nima deb yig'lagan eding?
Shunda baliqchi debdi:

-Bilaklaridagi kuchi bilan menga zo'ravonlik qildi. Meni kuchim etmadi, ammo men bu ishni eng qudratli Allohga topshirdim deb, ko'zlarimda yoshim bilan uyga och bolalarim oldiga quruq qo'l bilan qaytdim. Alloh rizqimizni o'zi etkazdi.. Bir qo'lidan ayrilgan odam faryod qilib yig'ladi, ammo endi kech edi...

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov