BESHIK

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Hilola erta sahardan kirlarni to'plab yuvmoqchi bo'ldiyu, negadir o'g'li injiqlanib hech ish qilishga qo'ymasdi. Qaynona bolani bahona qilmasligini aytib, dahlizda turgan beshikni olib kirib berishini buyurdi. Kelin beshikni olib kirdi, beshikni to'g'rilagan kishi bo'ldiyu, ish bilan eshikka chiqib ketdi. Oyijonisi bolani yechintirib beshikka qattiqqina qilib belab qo'ydi. Hilola eshikdan kirib bolani emizib, uhlatmoqchi bo'ldi, bola negadir ijirgalanib hech uxlolmasdi. Qaynona keliniga bemalol kirini yuvib, hovlini supurib, ishlarini qilib olishini, bolani o'zi tebratib uxlatib qo'yishini aytdi. Hilola o'choqqa o't yovib suv isita boshladi, suv isigunga qadar, hovli ishlarini qilib oldi. Uy ichidan bolani yig'i ovozi eshitilib turardi. Hilola kirni kir mashinasiga solib uyga kirib bolani beshikdan echib olishni oyijonisidan iltimos qildi. Qaynona:

- Biz ham beshik da besh oltita bola katta qilganmiz. Bir kun kechgacha yotsa hech narsa qilmaydi, bolani emizib, ishingizni bilib, bilib qilavering, dedi kesatib. Hilola bolani yana emizib kirini yuvgani chiqib ketdi. Bola yig'idan to'xtamas, buvijonisi beshikni qattiq qattiq tebratishni to'xtatmas edi. Hilola uch soat ichida butun boshli oila kirini yuvib tugatolmay, bolani yig'isiga chidolmay yana uyga kirdi. Bola yig'idan tolib ko'zlari suzilib qolgandi.

Kelin yana oyijonisiga yuzlandi:
- Oyijon nevarangizni hech bunaka odati yo'q edi, keling bir yechib, orqalarini silab yana boshidan beshikka bog'lab qo'yamiz, yo'q demang oyi, deb yalinar edi.
Oyijon nailoj rozi bo'ldilar. Hilola beshikdan bolani echayotib qo'li ho'l bo'lganini sezdi, siydik yoyib uhlolmabdida deb hayollanib ne ko'z bilan ko'rsinki, bu siydik emas, qon edi! Bolani belayotib beshikni ko'zdan kechirmagandi. Beshikning tuvagiga kalamush kirib olgan edi. Hilola shok xolatiga tushib qoldi. Bu xolatni ko'rgan oyijon baqir chaqir qilib qo'shnilarni chaqirdi. Kimdir tez yordamni chaqirib qo'ydi. Tez yordam kelib ona bolani kasalxonaga olib ketdi. Bola ko'p qon yo'qotgani va kalamushning zaharli tishlaridan zaxarlangani uchun uch kun reanimatsiya bo'limida yotib, to'rtinchi kuni olamdan ko'z yumdi. Onaizor savdoi bo'lib qolgandi. Qaynona qilgan ishidan ming pushaymon bo'lmasin, nevarasini ortga qaytarishni ilojisi yuq edi.

Bu to'qima hikoya emas, balki shu kunlarda bo'lib o'tgan voqea. Iltimos onajonlar bolani beshikka belashdan avval beshikni zimdan ko'zdan kechiringlar, keyingi pushaymon o'zingga dushman deb bejizga aytilmagan.

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov