Ashaddiy yurakni ko’rmasang bo’ldi.

No'malum. Muallifning She'ri

Saodat soqmogin izlayin uzoq,
Sen baxting yo’lidan toymasang bo’ldi.
Menga ko’p ko’rindi sevgidan qiynoq,
Sen ishqning sururin qo’ymasang bo’ldi.

Ko’zingga boqqanda ko’zlarim kulsa,
Yurak diydoringdan sevinib ursa,
Sevinching chehramdan akslanib tursa,
Meni baxtli deya o’ylasang bo’ldi.

Sarhadlardan qo’rqib yashasam nima?
Faqat g’amdan luqma oshasam nima?
Dunyoga dardimni toshasam nima?
Sen faqat quvonchdan so’ylasang bo’ldi.

Bahorim ortidan ergashganda kuz,
Kuzning so’zlariga berkinsa afsus,
Sevgim yuragimga qilsa tajovuz,
Sen meni do’stlik deb siylasang bo’ldi.

Bulutlar ortiga berkinsa oftob,
Bugun salqin deya o’ylasang bo’ldi.
Yuzimga do’stlikdan ilingan niqob,
Ashaddiy yurakni ko’rmasang bo’ldi.

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov