ALVASTI BILAN TO‘QNAShUV

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Bu voqeani otam bolalik kunlarimizda, uzoq qish kunlarining birida so‘zlab bergan edilar…

…O‘sha paytlarda chamasi, men yangi tug‘ilgan chaqaloqlik vaqtlarim ekan. Otam bir kuni qoq yarim kechasi uzoq qarindoshimiznikidan to‘ydan uyimizga qaytadi.

Bu chamasi taxminan 60-yillar edi. Oy oydin bo‘lib, atrofni o‘zining nurlari bilan chulg‘ab olishga urinayotgan bir palla ekan. Lekin osmonda oz-moz bulut bo‘lganligi bois, atrofni xar zamonda qisman zulmat qoplar, kech kuz bo‘lganligi sababli, oyoq ostida daraxtlarning xazin yaproqlari birin-ketin ezilib, sinib, o‘ziga yarasha qandaydir sirli ovoz chiqarardi. Uzoqlarda chiyabo‘rilarning yosh bolani yig‘isiga o‘xshash chinqiriqlari xar zamonda quloqqa chalinar, yana qayerlardadir boyo‘g‘li, ukki kabi tungi qushlarning vaximali sayrashlari tungi sukunatni buzar edi. (Bu va yuqoridagi barcha tafsilotlar otamning xissiy kechinmalarini bayon qilishi orqali yozib olingan).

O‘sha davrlarda xovlimizning atrofi qariyb dala bo‘lgan ekan.

Otam xovlimizga 10-15 qadam qolganda ko‘zi bir baxaybat narsaga tushadi…

Ne ko‘z bilan ko‘rsinkim, eshigimizdan 3-4 qadam narida qandaydir xaybatli narsa otamga qarab turar edi. Uning (baxaybat narsaning) ko‘zlari xar zamonda yalt-yalt etib yonar edi. Bu xam yetmagandek, xuddi o‘ljasini sabrsizlik bilan kutayotgandek butun gavdasini u yoqdan bu yoqqa tebratar edi.

https://qwert.uz/wp-content/uploads/2019/01/%D0%A8%D1%9E%D1%80%D0%B0.jpg
Otam turgan joyida toshday qotib qoladi. Og‘zi kalimaga kelishi u yoqda tursin, nazarida nafas kirib-chiqishi xam to‘xtagan edi. Ustiga-ustak tungi qushlar xayqirig‘i, chiyabo‘rilarning uvillashi “o‘lganni ustiga tepgan”day bo‘lib, vaziyatga jiddiy tus berar edi.

Otam shu tariqa qancha vaqt turib qolganligini bilmaydi. Bir vaqt o‘ziga kelsa, tippa-tik xolda o‘sha avvalgi joyida xaykaldek turganini payqaydi. “Yo tavba” deydi otam o‘ziga-o‘zi, “Naxotki alvasti-yu ajinalarni…”….

Shunda otamda qayerdandir shunday xissiyot paydo bo‘ladiki, bu xissiyot otamni o‘zini qo‘lga olishiga yordam beradi. Quyidagi xikmatli naql otamning yodiga tushadi: “Daxshatli narsani uzoq vaqt kutish, daxshatli narsa ro‘y bergan paytidagidan ko‘ra daxshatliroqdir!”. Otam o‘ziga-o‘zi gapirib: “ Bu narsa meni bugun xam, ertaga xam, indinga xam ta’qib qilishi mumkin. Undan ko‘ra, xar kuni o‘lgandan ko‘ra, bir kunda o‘lgan afzal” deya, xaligi “maxluq”ni tepasiga bostirib bora boshlaydi. Yerda yotgan ketmon dastaday tol novdasini qo‘liga olib, “maxluq”ni jon-jaxdi bilan bir tushiradi. Lekin “maxluq” pinagini buzmaydi, joyidan qimirlab xam qo‘ymaydi…

…Keyin ma’lum bo‘ladiki, kattakon sersavlat bu “maxluq” baland bo‘yli bir tup sho‘ra bo‘lib, azbaroyi kattaligidan salgina shabadada xam salobat bilan “vaximali” tebranar ekan. Yonib-o‘chayotgan ko‘zlari esa, sho‘raga in qurgan kattakon o‘rgimchak iniga o‘lja sifatida ilinib qolgan yaltiroq tilla qo‘ng‘izlarning oy nurida yaltirab, jilolangani, nur qaytargani ekan…

Otam ertasigayoq, erta azonda turiboq, nonushta xam qilmasdan, kattakon ketmonni qo‘lga olib, xovli atrofidagi barcha begona o‘tlarni bitta qo‘ymay chopib tashlabdi…

Oradan yillar o‘tdi. Xovlimiz atrofida xam birin-ketin uylar qurildi. Avvalgi dala o‘rnida ko‘chalari asfaltlangan maxallalar paydo bo‘ldi.

Lekin shundan beri, balki shu voqea sabablimi, xovlimizda va uning atrofida, tomorqamizda xech qachon begona yovvoyi o‘tlarni avj olib ketishiga yo‘l qo‘yilmay kelinadi.

Aziz o‘quvchi! Qissadan xissa chiqarib, to‘g‘ri xulosaga kelasiz degan umiddamiz.

Saranjom – sarishta bo‘lishga ne yetsin!..

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov