Adabiyot 224 dona
.pdf "Chingizxonning oq buluti" (qissa) PDF  17 Jan 2020
"Chingizxoning oq buluti" - Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romaniga ilova qilingan qissa. Qissada afsona misolida shoʻro siyosati zoʻrlikka asoslanganiga ishora qilingan. Chingizxon toʻgʻrisidagi afsona roman syujetida alohida tarmoq boʻlsa-da, lekin asar umumiy ruhiga singishib ketgan. Adibning olam va odam toʻgʻrisidagi falsafiy mushohadalari roman syujetidagi ...
.pdf "Qasoskorning oltin boshi" (roman) PDF  16 Jan 2020
Mazkur asarda oʻzbek xalqining tarixida oʻchmas iz qoldirgan, xalq ozodlik harakatiga boshchilik qilgan qahramonlaridan biri Namoz botir haqida so'z boradi. Keng kitobxonlar ommasida katta qiziqish uyg'otgan ushbu roman ababiyotimiz xazinasiga qo'shilgan nodir javohirlardan biri hisoblanadi. O'quvchilarimiz hukmiga havola etilayotgan mazkur kitob ularga yetarlicha mutolaa ozuqasini bera oladi, ...
.pdf "Navoiy" (roman) PDF  16 Jan 2020
"Navoiy" tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir. Roman voqeasi 18 yoshli yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqeasi Navoiyning o‘limini aks ettirish bilan tugaydi. Demak, asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot ...
.pdf "Bolalik" (qissa) PDF  16 Jan 2020
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'tgan asrimizning buyuk adiblaridandir. Uning "Alisher Navoiy", "Qutlug' qon", "Quyosh qoraymas", "Oltin vodiydan shabadalar" kabi romanlari, "Bolalik", "Nur qidirib", "Alisherning bolaligi" kabi qissalari, she'r va dostonlari — jami 19 tomlik mukammal asarlari bizga meros bo'lib qoldi. "Bolalik" qissasi bir necha bor ...
.apk "Somon yo'li" (qissa) Dastur  16 Jan 2020
Novatorlik Chingiz Aytmatov ijodining bosh xususiyatidir. «Somon yo‘li» qissasi buning yorqin dalilidir. Asarning Bosh qahramoni To‘lg‘anoy hayotning juda og‘ir mashaqqatlarini boshidan o‘tkazgan. Dahshatli urush eridan, uch o‘g‘lidan judo qilgan. Biroq, bu yetmagandek, taqdir uning boshiga yana bir kulfat soladi. Farzandi o‘rniga farzandday bo‘lib qolgan kelini ...
.pdf "Payg'ambar uyida bir kun" PDF  16 Jan 2020
O‘tmishga qaytib, tarix sahifalarini varaqlaylik, undagi yozuvlarni o‘qib, har bir satri haqida tafakkur qilaylik hamda ular orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xonadonlarini ziyorat etaylik... Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylaridagi holat bilan tanishib, u zotning so‘zlariga quloq solaylik hamda payg‘ambarning uyida faqatgina bir kun ...
.pdf "Jannat vasfi" PDF  16 Jan 2020
Ushbu mo'jaz risola Imom Qurtubiyning Islom olamining qadrli ilmiy meroslaridan sanalmish "At-tazkiratu fiy ahvalil mavta va umuril axirot" — "Jon berish holatlari va oxirat ishlaridan eslatma" kitobidan bir bobdir. Ushbu jannat haqidagi bobda muallif jannat haqidagi oyatlarni batafsil tafsir etganlar, mufassirlarning mo'tabar so‘zlarini keltirganlar, sahih-hasan ...
.pdf "Qora kitob" (qissa) PDF  16 Jan 2020
Nazar Eshonqulning “Qora kitob” qissasida inson ma’naviyati masalasi yetakchi o’rinda turadi. Asarni o’qir ekansiz, uning qahramoni bilan yuzma-yuz muloqot qilayotganday bo’lasiz. Qissada qahramonlar hayotidagi voqeliklardan ko’ra ular ruhiyatidagi, tafakkuridagi tezlanish kuchli ekanini anglaysiz. Shuningdek, qissa qahramoni bir paytning o’zida ham gunohkor banda, ham shu gunohkorning ...
.pdf "O'n sakkizga kirmagan kim bor" (qissa) PDF  16 Jan 2020
Shukur Xolmirzayevning «O'n sakkizga kirmagan kim bor?» qissasi oʻtgan asrning oltmishinchi yillaridagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Qissa yigirma besh yoshli yozuvchiga o‘zbek kitobxonlari orasida katta shuhrat keltirgan. Ushbu mashhur muhabbat qissasini oʻqimagan, jillaqursa nomini eshitmagan yigit-qiz kam topiladi. Muhabbat, oqibat, adashish va qismat, hayotga ...
.pdf "Alvido, ey Gulsari" (qissa) PDF  16 Jan 2020
XX asr jahon adabiyotining yirik vakillaridan bo'lgan Chingiz Aytmatovning “Alvido, ey Gulsari” nomli qissasi ham boshqa ko'plab asarlari kabi juda mashhur bo’ldi. "Alvido, Gulsari" asari 1966-yilda avval rus tilida yozilib, keyin qirg’iz tilida qayta yozilgan. Chingiz Aytmatov o‘zining bu qissasida Vatan urushidan keyingi og‘ir yillarda ...
.pdf "Yevgeniy Onegin" PDF  16 Jan 2020
Bu asarda Pushkin yosh zamondoshlarining umumlashma obrazini yaratdi. Asar bilan tanishar ekanmiz, dinamik kuchlanish hukmidagi Onegin obrazining ichki ziddiyatlarini tushunib borgan holda, uning harakter elementlarini, tabiati, umuman jamiyat uchun keragi yoʻqligini koʻramiz. V. Belinskiy “Yevgeniy Onegin” romanini “rus hayotining ensiklopediyasi” deb ataydi. Haqiqatdan ham Pushkinning bu ...
.pdf "Oydinda yurgan odamlar" (qissa) PDF  16 Jan 2020
Tog'ay Murodning 1980-yili chop etilgan «Oydinda yurgan odamlar» qissasi adibninggina emas, o‘zbek milliy adabiyotining noyob namunasi hisoblanadi. Bu asar yozuvchining eng dilbar va muallifning о‘z sо‘zi bilan aytganda, ,,ne kunlarni kо‘rmagan”, eng murakkab taqdirli qissasidir. Bu kitob О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Ushbu qissa nomini ...
Created by  Master Sherkulov