Tog‘ay Murod

( Feb. 3, 1948 - May 27, 2003 )

Togʻay Murod 1948 yili Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi Xoʻja Soat qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida (1967–1971), Moskvadagi Adabiyot institutida (1985–1987) tahsil oldi. Respublika radiosida (1972–1975), “Oʻzbekiston fizkulturachisi” gazetasi (1976–1978), “Fan va turmush” jurnalida (1982–1984) xizmat qildi.

1976 yili Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, kitobxonlar ogʻziga tushdi. Shundan soʻng birin-ketin “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar”(1980), “Momo Yer qoʻshigʻi” (1985) kabi oʻzbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keldi. Ular yuksak baholanib, adib Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor boʻldi.

Adib 1986–1991 yillarda “Otamdan qolgan dalalar” romanini yaratdi. 1994 yili unga mazkur asari uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti berildi. “Otamdan qolgan dalalar” – ijtimoiy roman. U nafaqat adib ijodida, balki oʻtgan asrning 90-yillar adabiyotida katta voqea boʻldi. Unda mustabid tuzumning qattol siyosati, oʻzbek dehqonining ogʻir, mashaqqatli mehnati va nursiz hayoti real boʻyoqlarda ochib tashlangan.

Togʻay Murod mohir tarjimon sifatida J. Londonning “Boyning qizi” dramasi va bir nechta hikoyalarini (1974–1975), Ye. Seton-Tompsonning mashhur “Yovvoyi yoʻrgʻa” asarini tarjima qildi (1989).

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari asosida ikki qismdan iborat badiiy film yaratildi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

  Tog‘ay Murod ning tarjimai holi 5 dona
.pdf Бу дунёда ўлиб бўлмайди PDF  22 Mar 2020
Тоғай Мурод. Бу дунёда ўлиб бўлмайди
.pdf Тоғай Мурод. Танланган асарлар.Отамдан қолган далалар. Бу дунёда ўлиб бўлмайди PDF  22 Mar 2020
Тоғай Мурод. Танланган асарлар.Отамдан қолган далалар. Бу дунёда ўлиб бўлмайди
.pdf Ot kishnagan oqshom (qissa) PDF  8 Feb 2020
Togay Murod - Ot kishnagan oqshom (PDF)
.pdf "Oydinda yurgan odamlar" (qissa) PDF  16 Jan 2020
Tog'ay Murodning 1980-yili chop etilgan «Oydinda yurgan odamlar» qissasi adibninggina emas, o‘zbek milliy adabiyotining noyob namunasi hisoblanadi. Bu asar yozuvchining eng dilbar va muallifning о‘z sо‘zi bilan aytganda, ,,ne kunlarni kо‘rmagan”, eng murakkab taqdirli qissasidir. Bu kitob О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Ushbu qissa nomini ...
.pdf "Otamdan qolgan dalalar" (roman) PDF  16 Jan 2020
Tog‘ay Murodning ilk romani "Otamdan qolgan dalalar" adib ijodidagina emas, milliy adabiyotimiz tarixida muhim hodisa bo‘lgan. Bu asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi o‘zini, o‘zining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan o‘tkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy ...
Created by  Master Sherkulov