Ota va o'g'il

No'malum. Muallifning Hikoyasi

Amakim Sodiq bilan tengdoshman. U paytlarda amakisi yoki tog'asi bilan tengdosh bo'lishlik ajablanarli holat emas edi. 1983 yilning kuzida bobomni ko'zlari ko'rmay qoldi. Uydagilar bir ikki shifokorlarga ko'rsatishdi, lekin ko'zlarini qayta davolay olmadi. Shifokorlardan faqat bir so'z eshitishdi. "qarilik alomati". Hozirgidek linzalar bo'lganda balki ko'ra olishi mumkinmidi. Qisqasi, bobomlar hech nimani ko'ra olmay qoldilar.

Sinfdoshim, amakim, ya'ni dadamning ukasi Sodiq bilan bir vaqtda xizmatga ketdik. Ikki yil o'tib hizmatdan qaytdik. Xizmatdan kelganimda birinchi bo'lib bobomni ziyorat qilib, duolarini olishni maqsad qilib, katta hovliga bordim. Ularni holatlarini ko'rib yuragim ezildi. Ularga rahmim keldi. Mana yetti yildirki zulmat qa'ridalar. Ko'zlari ojizligi tufayli, bir joyda yotib qolgan. Ko'p yotish oqibatida oyoqlari shishib ketgan edi. Bolaligimda bobomlarnikiga juda ko'p o'ynagani kelar edim. U kishi juda baquvvat edilar. Hatto sovuq kunlarda ham sovuqqotish nima ekanligini bilmasdilar, yupqa yaktakda ko'kragini ochib yuraverardilar. Ko'zlari ojizligi tufayli, o'zlari uzoq yura olmasligini hisobga olib yaqinroqda u kishi uchun alohida hojathona qilib berilgan. O'zlarining iltimosi bilan, yotgan joyidan to xojathonagacha arqon tortib bergan edik. Arqonni ushlagancha o'zlari borib kelardilar. Boshqalarni ovora qilmaslik maqsadida albatta.

Bir kuni bobomlarnikiga mehmonga borib, u yerda qoladigan bo'lib qoldim. Qosh qoraygan, shom vaqti o'rtog'im Sodiqni xonasida suhbatlashib o'tirgan edik. Birdan bobomning ovozi eshitilib qoldi.

- Sodiqjon o'g'lim.
- Tur Sodiq seni bobom chaqiryapti, - dedim uni o'rnidan turishga unnab.
Sodiq o'rnidan hohlamaygina qo'zg'alarkan, ichida bir nimalar deb so'kindi.
- Hoy Sodiqjon! - bobom yana iltijoli ohangda chaqirdi.
- Tur tezroq bobomni ovozini eshitmayapsanmi? - dedim men.
- Hozir, - dedida, g'azab bilan qo'llarini musht qilgancha tashqariga chiqib ketdi.

Uning bu ko'yi tashqariga chiqib ketganini ko'rib, ko'nglimda nohush shubha uyg'ondi-da orqasidan men ham yugurib chiqdim. Sodiq bobom tomon shiddat bilan borarkan, uni ko'rib:

- To'xta Sodiq, to'xta nima qilmoqchisan? - deb to'xtatmoqchi bo'ldim.
- Seni ishing bo'lmasin!
- To'xta dedim senga! - shu ortidan etib olishga urinarkan, afsuski ulgurmadim.

U mendan ancha ilgarilab ketgan edi. Qorong'uda arqonni yo'qotib yo'lidan adashib qolgan bobomni yoniga yaqinlashib:
- Dam olgani qo'yasanmi yoki yo'qmi, zeriktirdingku! - degancha, Sodiq bobomning yuz-ko'zi aralash tarsaki tortib yubordi.
U kishi kutilmagan zarbadan bir qadam nariga otilib, yuz tuban yerga yiqildi. Naqadar daxshatli manzara! Kutilmagan holatdan bir muddat karaht ahvolga tushib qoldim. o'zimga keldimda, Sodiqni ura ketdim.

- Nega bobomni urding axmoq, nega o'z otangni urasan iflos?
Sodiq, tepkilarimga ham mushtlarimga ham javob qaytarmadi. Joyida tik turgan bo'yi ancha vaqt turdi. Men bobomni o'rnilaridan turg'azib, ust-boshini qoqqancha joyiga olib bordim. Bobom hech nima demas, faqat yig'lardilar holos. Sodiq uzr so'rash uchun oldilariga keldi. Kelganini payqagan bobom ho'ngrab yig'lagancha unga gapira ketdi.

- o'z otangni urding a bolam, aybim nima edi? Ko'zlarimni ojizligimi? Shunchalar ham mendan to'yib ketdingmi o'g'lim?
- Meni kechiring dada! Iltimos kechiring! - uzoq vaqt kechirim so'radi Sodiq.
- qo'rqma o'g'lim seni qarg'amayman! - dedi bobom.

o'sha mudhish kundan buyon bobom hech narsa emay qo'ydi. Ko'p o'tmay bu olamdan butunlay ko'z yumdi.
Yillar o'tdi. Sodiq ham uylandi. Olloh unga qiz farzand ato etdi. Achinarlisi qizini ko'zi tug'ma ojiz tug'ildi. Undan ham yomoni o'zi tuzalmas dardga chalindi. Nafasi bo'g'adigan bo'lib qoldi. Bormagan ko'rsatmagan shifokori qolmadi. Foyda bermadi. Bir nafasi qisilsa, yuz ko'zlari ko'karib, og'zidan ko'pik kelib, bir joyda tipirchilab qolar edi. Huddi bir paytlar bobom uning zarbidan yiqilgandagi holatidek. Oradan o'n besh yil o'tdiki, sog'ligida yangilik yo'q. Sog'ligi sabab bir joyda ishlay olmadi. Ro'zg'ori ham bir ahvolda. Shu sabab, xotini ham qizini olib uyiga ketib qoldi. Hayotini yaxshilash maqsadida, ish qidirib ko'chaga chiqdi. Lekin, qayerga ish so'rab bormasin. Odamlar unga nafratini sochdi.

- Sen o'z otangni urib, qarg'ish olgansan! Xolidan habar olish uchun yoniga borganimda, ko'kragiga mushtlab urgancha dod solib yig'laydi.
- o'rtoqjon, qani dadam qaytib kelsalar-u, oyoqlari tagiga yotvolib qilgan ishim uchun kechirim so'rasam. Lekin, buni hecham iloji yo'q. Otamni urgan shu qo'llarim uzilib tushsa bo'lmasmidi. Men padarkushman o'rtoq!

Endi rostdam ham juda kech, "So'ngi pushaymon, o'zingga dushman" deb bejizga aytishmaydi...

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov