Oʻzbekistonda 21-may Kutubxonachilar kuni sifatida nishonlanadi
  Kutubxonachi   •    21 May 2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Madaniyat vazirligining ushbu taklifini Prezident maʼqulladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 
 
Aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida quyidagilar aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilandi:
 
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini isloh qilish;
 
• aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli taʼminlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
 
• hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishni barqaror rivojlantirishga koʻmaklashish;
 
• axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash;
 
• kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmogʻini rivojlantirish;
 
• kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish (shu jumladan, pullik xizmat koʻrsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish;
 
• axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxshi saqlanishini taʼminlash;
 
• jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish vakuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targʻib qilish;
 
• axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.
 
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Madaniyat vazirligining 21-mayni Kutubxonachilar kuni deb belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi. Bunda kutubxonachilarni koʻp yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ragʻbatlantirish koʻzda tutilishi belgilandi. 
 
Manba: UzA



  Kutubxonachi
 21 May 2020 joylandi
 3410 marta ko'rildi
  So'ngi Yangiliklar
Kiril - Lotin dasturi endi Kutubxonachi.Uz saytida Yangilik  30 Mar 2020
Assalomu alaykum hurmatli kitobxon. Men Master Sherkulov taxallusi bilan faoliyat yuritadigan O'zbekistonlik dasturchiman! O'zbekiston Respublikasida Karantin e'lon qilingandan beri men yaratgan dasturlarimni kengaytirishga kirishdim va kutubxonachi.uz sayti uchun Kiril - Lotin nomli bo'lim qo'shdim! Bunda ...
📖 HIKOYALAR va SHE'RLAR - Yangi Loyihamiz ishga tushdi ... Yangilik  28 Mar 2020
Assalomu alaykum hurmatli kitobxon bugungi O'zbekiston Respublikasi hududida jumaladan ko'pgina davlatlarda karantin e'lon qilingandan bo'yon kutubxonaga borib o'qish imkoniyatimiz cheklandi, ammo siz kitobxonalarga hech qanday narsa to'siq bo'lmasligi zarur hisoblanadi. Biz KUTUBXONACHI guruhimiz sizlar uchun ya'nada qo'laylik yaratish maqsadida biz 📖 HIKOYALAR va SHE'RLAR ...
2020 yil kabisa yili ekanidan xabaringiz bormi? Yangilik  29 Feb 2020
2020-yil kabisa yili ekanidan xabaringiz bor. Odatda har to‘rtinchi yil, to‘rtga qoldiqsiz bo‘linadigan yillar kabisa yili bo‘lishini ham yaxshi bilamiz.

Bu yilda boshqa yillardagidan farqli o‘laroq, fevral oyi 29 kun bo‘ladi. “Kabisa” so‘zi arabcha “kabasa” – ya’ni “chuqurni to‘ldirish” fe’lidan olingan bo‘lib, istilohda “to‘ldiruvchi” ...
Created by  Master Sherkulov