Jek london

( Jan. 12, 1876 - Nov. 22, 1916 )

Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, asarlarida xalq ommasining oʻz huquqlari uchun kurashini aks ettirgan atoqli yozuvchi Jek London Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida fermer oilasida tugʻ ildi. Uyoshligidayoq hayotning bor mashaqqatlarini boshidan kechirgan. Iqtisodiy ahvoli sabab universitetni tashlagan. Yozuvchining adabiy faoliyati 1898-yilda boshlangan. U oʻz umrida 150 dan ortiq hikoya yozgan boʻlib, hikoyalarida, asosan, mamlakat shimoli va Okeaniya orollaridagi hayotni zoʻr badiiy mahorat bilan tasvirlagan. Bu hikoyalari unga katta shuhrat keltirdi. “Oq sukunat”, “Qirq mil narida”, “Otalar xudosi”, “Sovuq bolalari” kabi hikoyalarining qahramonlari har xil toifadagi, har xil feʼl-atvorli kishilar. Ular erkka intiladilar, oʻz burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda sinab koʻradilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Jek Londonning qahramonlari har qanday holatda ham Odamlikka xiyonat qilmaydilar.

U 1903-yilda Angliyaga qilgan sayohatidan keyin “Tubanlik kishilari” degan ocherklar toʻplamini nashr ettirdi. Bu kitobda yozuvchi londonlik ishchilarning qashshoq hayotini tasvirlaydi.

Yozuvchi “Temir tovon” (1907) romanida, eng yaxshi romanlaridan yana biri “Martin Iden”da (1909) burjua jamiyatini qattiq tanqid ostiga oladi.

Jek London oʻzining hikoyalarida tabiatning asov kuchlariga qarshi mardona kurashuvchi kishilar hayotini zoʻr badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. Uning “Hayotga muhabbat” hikoyasi fikrimizga yorqin misol boʻla oladi. Bu hikoyada hayotga boʻlgan muhabbatning oʻlim ustidan gʻalabasi tasvirlangan.

  Jek london ning tarjimai holi 1 dona
.pdf Martin Iden (roman) PDF  7 Feb 2020
Martin Iden - Jek london
Created by  Master Sherkulov